Get Mystery Box with random crypto!

#kuzatuv Tadbirga puxta tayyorgarlik ko’rmaslik Agar siz rah | Mubashirov Mahmudxon | blog

#kuzatuv

Tadbirga puxta tayyorgarlik ko’rmaslik

Agar siz rahbar yoki biznes egasi bo’lsangiz, faoliyatingiz davomida qaysidur turdagi tadbirlarni (ochilish marosimi, tug’ilgan kun, bayram munosabati, olimpiada, tanlov, imtihon va boshqalar) o’tkazishga to’g’ri keladi. Ammo ayrim hollarda ushbu tadbirlar ko’ngildagidek yoki qandaydur kamchilik bilan o’tadi.

Yaqinda o’zimizda ham shu xolat yuz berdi. O’quv markazida tadbir tashkillashtirib, uni sifatli darajada o’tkazishni reja qilib qo’ygandik. Ammo ayrim sabablarga ko’ra ushbu tadbir ba’zi kamchiliklar bilan o’tdi. Sababi – aniq bir qoidalar (reglament) bo’lmagani hamda tashkillashtirishdagi kamchiliklar.

“Mana shu tadbir ham – loyiha hisoblanadi. Chunki u ma’lum bir muddat uchun bir marotabalik tadbir”.

Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kamchilikni qayday oldini olish bo'yicha ayrim qilinishi kerak bo'lgan ishlar ketma-ketligi:

1. Maqsad va vazifalarni aniq ko’rsatkichlar orqali aniqlab olish.

2. O’tkaziladigan tadbirni vaqti va joyini aniq qilib olish.

3. Tadbir uchun ketadigan byudjetni aniqlash va ajratish.

4. Shu tadbirni o’tkazish uchun jamoa a’zolaridan ishchi guruh shakllantirish va har birini vazifalarini aniq ko’rsatish.

5. Tadbirda bo’ladigan voqealarni ketma-ketligini qog’ozga tushirish.

6. Barcha zarur texnikalar, tarqadiladigan materiallar, ishtirokchilar ro’yxati, o’tkaziladigan joyni tayyorligini tadbir bo’lishidan kamida 1 kun oldin tayyorlab qo’yish.

7. Agar u yoki bu xodisa tufayli qandaydur kamchilik yuzaga keladigan bo’lsa, B planni tuzib qo’yish.

8. Xar bir yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ko’ngilsizlikni ssenariysini ko’rib chiqib, ularni oldini olish bo’yicha mexanizmni ishlab chiqish.

Rasm manbasi: freepik.com

@muhsumovich_blog