Get Mystery Box with random crypto!

#Loyiha Loyiha boshqaruvi [6] Loyiha boshqaruvidagi yondashu | Mubashirov Mahmudxon | blog

#Loyiha

Loyiha boshqaruvi

[6] Loyiha boshqaruvidagi yondashuvlar...

Loyiha boshqaruvchisi (project manager) sifatida ishlagan vaqtim davomida o’xshamagan, havoda osilib qolgan va tugallanmagan loyihalarga duch kelganman, hozirgi kunda ham duch kelmoqdaman. PM bo’lib ishlashni boshlaganimdagi amalga oshirilgan loyihalarda juda ko'p xatolarga yo'l qo'yganman. Masalan, xar bir bosqich yakunida xisobotlar shakllantirmasdim, bosqichlar muddatlari kechikardi, oldindan xavf-xatarlar haqida o'ylanmasdi, loyiha doirasida yo'l qo'yilgan yoki vujudga kelgan xatolar yozilmasdi va boshqalar.

Vaqt o'tishi bilan hamda tahlillar asosida shuni tushunib yetdimki, agar loyihaning tugashi yoki bosqichlardan birini yakunlashni aniqlaydigan aniq mezonlar bo'lmasa hamda vaqt cheklovlari bo'lmasa, loyiha ustida ishlash abadiy davom etishi mumkin yoki loyiha amalga oshmaslik xavfi paydo bo'lishni boshlaydi. Bu esa, loyihaga va unga aloqador barcha tomonlarga salbiy ta'sir qilishni boshlaydi.

Shu bois, loyihani kotta yoki kichikligiga qarab, ular ustida ishlashning bir nechta asosiy yondashuviga e’tibor berish kerak:

1. Talablarni aniq belgilash (oxirida qanday natijaga erishish kerak) va natija ushbu talablarga javob bermaguncha loyiha ustida ishlash.

2. Loyihani muvaffaqiyatli tugatish uchun qattiq muddat belgilash. Ushbu yondashuv orqali loyiha menejerida loyiha topshiriladimi, o’xshidimi degan shubhalanishlar uchun vaqt qolmaydi, miya "to'liq" ishga tushadi va loyiha ustidagi ish imkon qadar samarali bo'ladi.

Birinchi yondashuv muddatlari muhim bo'lmagan va yaxshi ishlab chiqilgan natijaga erishish muhim bo'lgan loyihalarga nisbatan qo'llaniladi. Ikkinchi yondashuv esa kichik loyihalar uchun ko'proq tushadi, ular uchun gipotezani sinab ko'rish va minimum viable product (MVP)ni imkon qadar tezroq chiqarish muhimroqdir.

Loyihani amalga oshirish asosida yuzaga kelgan mahsulotni bozorga olib chiqishda MVP qanchalik muhimligi bo’yicha ma’lumotlar keyingi postda…

Rasm manbasi: freepik.com

@muhsumovich_blog