Get Mystery Box with random crypto!

“Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi hammuallifi Jeyms Rob | Муҳрим

“Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi hammuallifi Jeyms Robinsonning O‘zbekistondagi kitobxonlar, ilm ahli, moliya-iqtisodiyot va ishbilarmonlik doiralari vakillari bilan uchrashuvi bo‘yicha ayrim eslatmalar:

Tadbir 17-mart, soat 17:00da Intercontinental mehmonxonasi asosiy zalida (Trilliant majmuasidagi Intercontinental, “Bodomzor”dagisi emas) bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvga kirish uchun chipta zarur bo‘ladi va uni bu yerdan xarid qilib olish mumkin: https://iticket.uz/events/trainings/james-robinson-first-time-in-uzbekistan/25232

Agarda moliyaviy imkoniyatingiz to‘g‘ri kelmasa, yoki boshqa rejalaringizga pul sarflab qo‘ygan bo‘lsangiz, bu yerda savolnoma to‘ldirib (saralashdan o‘tsa), chipta olishingiz mumkin: https://forms.gle/hAQwVvLojZwDrcoP7

Hozirda ushbu uchrashuvga chiptalar “uchmoqda” – uchrashuv e’loni iticket’da “Eng ko‘p sotilgan” toifasida turibdi. Hamkorlik bo‘yicha takliflar hali qabul qilinyapti.

Ulgurishingiz mumkin. Hamkorlik bo‘yicha @doniyor_rasulov ga aloqaga chiqsangiz bo‘ladi (aynan hamkorlik masalasida bezovta qilishingiz mumkin, chiptani faqatgina yuqoridagi usullar bilan olishingiz mumkin).

#WhyNationsFail #JamesRobinson

@mirzo_zominiy