Get Mystery Box with random crypto!

SEVGISIZ KUNLAR Hislaring bilan sen qilmay murosa, Hayotning | Muhammadaziz_tv | Blog

SEVGISIZ KUNLAR

Hislaring bilan sen qilmay murosa,
Hayotning azmiga egganding bo‘yin.
Bugun esing kirdi, sevgi – arosat,
Baxtga ozlik qilar – to‘lsa-da qo‘yin.
Yuzlarga engan bu yasama kulgi
Go‘zal yoyingandir garchi chehrangda.
Ko‘zlar sir sotmishdir, sirli bildirgi,
Tunlaring oydinmas, bir qaro rangda.
Tushlaring qopini chertar xotirot,
Qandaydir olisda qolgan baxt ta’mi.
Endigi quvonchlar ko‘zlaringga yot,
Baxtliga o‘xshamay baxtlisan, ya’ni.
Og‘riqli o‘ylarga bo‘lasan asir,
Asl baxt shumidi, unda u mangu.
O‘tkan lahzalar-da etmaydi ta’sir,
Ko‘zingdan yosh emas, to‘kiladi suv.
Xayrli kunlaring yashay boshlaysan,
Qaytadan o‘zingga qaytasan, ya’ni.
Xayollarni yuvib dorga tashlaysan –
Sevgisiz kunlarning bari bema’ni.

Xurshid Abdurashid