Get Mystery Box with random crypto!

Chorsu 'mardikor' bozoridan kitobxongacha — kitob sabab o‘zgar | Muhammad Ali | Rasmiy Blog

Chorsu "mardikor" bozoridan kitobxongacha — kitob sabab o‘zgargan yigitlar hikoyasi!

Jamiyatimizda kitobxonlikning keng targ'iboti uchun "Abadiyat" loyihasini qarshi oling! Loyihada turli insonlardan qahramonlar tanlab olinadi va kitob taqdim qilinadi.

Ko'rsatuvning ilk sonida ruhiy kasallar shifoxonasida davolangan, biri esa jigar kasalligini boshidan oʻtkazgan va shu ahvollarida ham ogʻir mehnat bilan shugʻullanib kelgan yigitlar kitob yuzasidan bellashdilar.

“Besh bolali yigitcha” kitobini kim koʻproq uqdi va gʻolib boʻldi? Kitobda ular oʻz hayot akslarini koʻra olishdimi? Umrida qoʻliga kitob olmagan yigitlarning fikrlashi qay darajada oʻzgardi?

O'ylaymizki, "Abadiyat" loyihasi orqali insonlarning kitobga bo'lgan qiziqishini yanada orttiramiz, kitobni sevishga o'rgatamiz. Ushbu yo'lda bizni qo'llab-quvvatlashingizni, loyihani keng ommaga tarqatishda ko'maklashishingizni so'raymiz.

To'liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling!





@abadiyat_uz