Get Mystery Box with random crypto!

ASSALOMU ALAYKUM, Hurmatli yurtdoshlar! Uzoq muddatlardan ber | Muhammad Ali | Rasmiy Blog

ASSALOMU ALAYKUM, Hurmatli yurtdoshlar!

Uzoq muddatlardan beri barchamiz orziqib kutgan Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi fayzli masjidimiz ochilishiga ham juda oz fursatlar qolganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz.

In shaa ALLOH muborak Ramazon oyida ushbu xayrli ishga o'z hissangizni qo'shasiz degan umiddamiz.

Ayni paytda quyidagi materiallarga zarurat mavjud:

- Xonaqohning ichiga ovoz kuchaytirish moslamasi;
- Qayerga va qancha zarur bo‘lsa, kuzatuv kameralari monitorlari bilan;
- Oyoq kiyim qo‘yadigan moslamalar;
- Tahoratxonaga kiyim iladigan moslama;
- Ikki komplekt kompyuter;
- Gazon o‘radigan apparat;
- Namoz vaqtlarini bildiradigan elektron tablo;
- Tahoratxonaga bir dona kir yuvish mashinasi;
- 2 dona O‘t o‘chirish moslamasi zaruriy ashyolari bilan;
- Evakuatsiya chizmasi;
- Avtostoyankani chizib chiqish;
- Masjid nomini qayerga yozish va uni tayyorlash;
- va boshqa bir nechta asosiy qismlarga zarurat mavjud.

Kimdir ehson, kimdir mehnat, kimdir duo va yana kimdir dalolat ila qo'llab-quvvatlasa boshimiz ko'kka yetardi.

Savobtalab qadrdonlar uchun karta raqami:
6262570079570265 (Agrobank)
Abduvaxob Mamatqulov

Telefon raqam:
+998935983407
Gulboy aka Almatov

Unutmang! Ehsonning mukofoti ehsondir!