Get Mystery Box with random crypto!

BAXTLI BOʻL, DERMAN Mening shirin qizim, Mening asal qizim, M | MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

BAXTLI BOʻL, DERMAN

Mening shirin qizim,
Mening asal qizim,
Mendan ham soddasan. Oʻylamoq ogʻir.
Oʻtlarga koʻmilib ketganda izim,
Holing nima kechar... yuragim ogʻrir.

Sening qarogʻingda mening yoshligim,
Soching har tolasi azoblarimdir.
Yoʻlingda yoʻldoshing boʻlar ekan kim?
Shunday noziksanki... yuragim ogʻrir.

Men kimman? Bilmasman hatto oʻzim ham,
Koʻnglim koʻrfazidan baliqlar zohir.
Mening sodda qizim, seni oʻylasam,
Jonni bir qush choʻqir - yuragim ogʻrir.

Bulbullar yogʻilgan bir navbahorda
Olamni yoritgay oppoq libosing.
Men jim yotarmanu qirda yo jarda
Va yigʻlab oʻparman qoʻling xinosin!

Mening goʻzal qizim, baxtli boʻl, derman!!!

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi