Get Mystery Box with random crypto!

Muhabbat Oyatlari

Telegram kanalining logotibi muhabbatoyatlari — Muhabbat Oyatlari M
Telegram kanalining logotibi muhabbatoyatlari — Muhabbat Oyatlari
Kanal manzili: @muhabbatoyatlari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 341
Kanalning ta’rifi

"Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o‘zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda mehru muhabbat va marhamatni solib qo‘ygani Uning oyat-belgilaridandir..."
(Rum surasi 21-oyat.)

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-07 09:59:11
"Hali yoshman-ku", deb o'zini ovutib uylanmay yurgan bo'ydoqlar, ertaga qarshi tarafdan "qarib qolibdi-ku" degan rad javobini eshitganida sezadi qariganini))

#Abdulhodiy Yusuf

@alamiy_uz
1.6K views06:59
Ochish/sharhlash
2022-05-07 08:32:18 Watch "Why Do We Fast The 6 Days Of Shawaal?" on YouTube

1.4K viewsedited  05:32
Ochish/sharhlash
2022-05-07 08:26:15 Watch "Why Do We Fast The 6 Days Of Shawaal?" on YouTube


1.3K views05:26
Ochish/sharhlash
2022-05-06 13:06:28 #улашинг

"Юрак амри", "Саховат Наманган" каби фондлар фаолияти нега тўхтамоқда. Намозхоналар ёпилишичи?


1.2K views10:06
Ochish/sharhlash
2022-05-02 01:44:28 Hayit namoziga bir yo‘ldan borib, uyga boshqa yo‘ldan qaytish.

عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا كَانَ يَوْمُ عِيدٍ خَالَفَ الطَّرِيقَ

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadis: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam Hayit kuni (borish va kelishda) yo‘lni boshqa-boshqa qilardilar”. Buxoriy (986).

Buning hikmati haqida: “Qiyomat kuni ikkala yo‘l ham Allohning oldida namozga borgan kishi foydasiga guvohlik berishi uchun shunday qildilar. Chunki Qiyomat kuni yer o‘z ustida qilingan yaxshi va yomon ishlar haqida xabar beradi”, deyilgan.

Yana boshqa fikrlarga ko‘ra, “Ikkala yo‘lda ham Islom shiori – Hayit namoziga chiqishni ko‘rsatish”, “Allohning zikrini zohir qilish” ko‘zda tutilgan.
1.3K views22:44
Ochish/sharhlash
2022-05-02 01:42:45 Assalomu Alaykum va Rohmatullohi va Barokatuhu

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin.

تَقَبَّلَ اللهُ مِنَّا وَمِنْكُمْ صَالِحَ الْأَعْمَالِ

“Taqobbalallohu minna va minkum solihal a’maal” – “Alloh bizu sizdan solih amallarimizni qabul qilsin”.*

O‘tgan Ramazonda tutgan ro‘zalarimiz, o‘qigan Qur’on tilovatimiz, tarovih va tahajjud namozlarimiz – barcha solih amallarimizni Robbimiz nuqsonu kamchiliklarini to‘ldirib qabul qilsin.Ushbu muborak kunda Robbimizdan butun dunyodagi mazlumlar, shu jumladan, ayni kunlarda bosqinchi Isroil zulmiga qarshi kurashayotgan Falastindagi birodarlarimiz, Sharqiy Turkistondagi uyg‘ur qardoshlarimiz, Myanmadagi rohinja og‘a-inilarimiz va boshqa zulmga tutilganlarga najot va nusrat berishini so‘rayman. Duo bilan bo‘lsa ham qiynalganlarni eslash, ularning haqqiga yaxshilik tilash bu haqda umuman so‘z ochmaslikdan yaxshiroqdir.

Alloh barcha mo‘min-musulmonlarning umri va rizqiga baraka bersin, doimo yaxshiliklar ustida bardavom etsin, oxirimizni xayrli qilsin. Bizni dunyoda ham, oxiratda ham yutuqqa erishgan bandalaridan qilsin.
_____________________
*
عَنْ جُبَيْرِ بْنِ نُفَيْرٍ، قَالَ: كَانَ أَصْحَابُ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا الْتَقَوْا يَوْمَ الْعِيدِ يَقُولُ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ: تَقَبَّلَ اللهُ مِنَّا وَمِنْكَ.

Tobeinlardan Jubayr ibn Nufayr aytadi: “Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari hayit kuni uchrashib qolishsa, bir-birlariga: “Taqobbalallohu minna va minkum” – “Alloh bizdan va sizlardan yaxshi amallarimizni qabul aylasin”, deyishardi”. Bu asarni Hofiz Ibn Hajar Al-Asqaloniy rivoyat qilib, “Sanadi hasan”, deb aytgan. “Fathul-Boriy”, Ikki hayit kitobi, “Islom ahli uchun ikki hayit sunnatlari” bobi, 951-hadis sharhi.
1.3K views22:42
Ochish/sharhlash
2022-05-02 01:36:47
Hayit bilan tabriklash!

Jubayr ibn Nufayrdan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sahobalari agar hayit kuni uchrashib qolishsa, bir birlarini: «Taqobbalallohu minnaa va minkum», ya’ni «Alloh bizu sizdan (ibodatlarimizni) qabul qilsin», deb tabriklashar edi.

Hofiz ibn Hajar: «Buning sanadi hasan», deydilar.

«Ali roziyallohu anhu: «Hayit (namozi)ga piyoda chiqish va chiqishdan oldin biroz narsa yeb olish sunnatdir», dedilar».
Imom Termiziy rivoyat qilgan.
1.1K views22:36
Ochish/sharhlash
2022-05-01 02:09:02 Watch "Keng rizq eshigi — Ikrom Sharif" on YouTube


1.1K views23:09
Ochish/sharhlash
2022-04-27 23:34:50 Sevimli duolardan:

"اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ حُبَّكَ وَحُبَّ مَنْ يُحِبُّكَ، وَالعَمَلَ الَّذِي يُبَلِّغُنِي حُبَّكَ؛ اللَّهُمَّ اجْعَلْ حُبَّكَ أَحَبَّ إِلَيَّ مِنْ نَفْسِي وَأَهْلِي وَمِنَ الْمَاءِ البَارِدِ"

Allohumma inniy as'aluka hubbaka va hubba man yuhibbuka val ‘amalallaziy yuballig’uniy hubbak. Allohumma-j’al hubbaka ahabba ilayya min nafsiy va ahliy va minal maail baarid.

Allohim, O’zingning muhabbatingni va Seni sevgan kishilarning muhabbatini hamda Sening muhabbatingga yetkazadigan amallarni so’rayman.
Allohim! Muhabbatingni menga nafsimdan ham, ahlimdan ham va muzdek (zilol) suvdan ham mahbubroq qilgin.

#duo
1.4K views20:34
Ochish/sharhlash