Get Mystery Box with random crypto!

Hayit namoziga bir yo‘ldan borib, uyga boshqa yo‘ldan qaytish. | Muhabbat Oyatlari

Hayit namoziga bir yo‘ldan borib, uyga boshqa yo‘ldan qaytish.

عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا كَانَ يَوْمُ عِيدٍ خَالَفَ الطَّرِيقَ

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadis: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam Hayit kuni (borish va kelishda) yo‘lni boshqa-boshqa qilardilar”. Buxoriy (986).

Buning hikmati haqida: “Qiyomat kuni ikkala yo‘l ham Allohning oldida namozga borgan kishi foydasiga guvohlik berishi uchun shunday qildilar. Chunki Qiyomat kuni yer o‘z ustida qilingan yaxshi va yomon ishlar haqida xabar beradi”, deyilgan.

Yana boshqa fikrlarga ko‘ra, “Ikkala yo‘lda ham Islom shiori – Hayit namoziga chiqishni ko‘rsatish”, “Allohning zikrini zohir qilish” ko‘zda tutilgan.