Get Mystery Box with random crypto!

Muborakda nima gaplar?

Telegram kanalining logotibi muborakdanimagaplar — Muborakda nima gaplar? M
Telegram kanalining logotibi muborakdanimagaplar — Muborakda nima gaplar?
Kanal manzili: @muborakdanimagaplar
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 63
Kanalning ta’rifi

O'zim uchun kashf etganlarim bilan bo'lishib borish...
Doim o'rganishdan, o'zgarishda inson shaxsiy blogidasiz!

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-30 20:56:03 Balkim yetar…

Media va marketing jamoada ishlashdan avval imkon boricha aniq KPI’lar qo’ydirib olib keyin ishni boshlang.

Siz tajribali dizaynersiz. Kuniga, haftasiga yoki oyiga nechta dizayn qilishni tasliqlatib oling. Albatta dizaynlaringizni kategoriyalarga bo’lgan holda.

Siz montaj ustasisiz. Bir oyda qancha hajmda ish qila olishingizdan kelib chiqib, oylik limit qo’yib oling. Ishga ta’sir qiluvchi tashqi omillarni ham hisobga qo’shing.

Siz SMM menejerimiz, unda maximal ravishda texnicheskiy vazifalarni aniq qilib oling. Barcha kampaniyalarning muvaffaqiyatli bo’lishiga hech qaysi marketolog garantiya bera olmaydi.

Biznes egasi bilan narx masalasida aniq gaplashib oling. Siz tajribali bo’lsangiz 3-4 mln oylik olib ishlab yurishingiz, birinchidan o’zingizning mehnatingizni qadrsiz hisoblashingiz, ikkinchidan sizning maoshingizga ehtiyoji bor oilangizga qaysidir ma’noda zulm qilayotgan bo’lishingiz mumkin.

Biznes bu biznes. Savob qilish boshqa masala.

Agar haqiqatdan savob qilgingiz kelsa, chin yurakdan ish vaqtidan ortiqcha ishlab o’sha ishingizga yordamingiz tegishi ham savob bo’laveradi agar niyatingizni shunga qilsangiz.

1 yillik tajriba kam degani emas. Agar o’zingizda qiziqish bo’lsa, faqat aytilgan vazifani bajarib yuradigan insonlar qatoriga kirmasangiz, 1 yilda “tajribali” mutaxassisga aylanasiz.

Xullas, shunaqa gaplar. “O’zbekchilik” deb yursangiz, umringiz o’taveradi. Siz biznesga “yordam beraman” deb, oilangizga va o’zingizga jabr qilib qo’yishingiz mumkin.

O’zingizni qadrlashni o’rganing. Mehnatingizni arzon baholamang.

@nefelibata_stories
64 viewsMuborak Babayeva, 17:56
Ochish/sharhlash
2022-12-29 17:12:41
2022-yil 1 yil = 1 daqiqada

Man uchun juda chiroyli xotiralarga, o'zgarish va yangiliklarga boy, muvaffaqiyatli yil bo'lib o'tdi.

O'tgan vaqtdan, voqealardan, xotiralardan, yomonlig-u yaxshliklar barchasidan minnatdorman

#2022 #memories2022
60 viewsMuborak Babayeva, 14:12
Ochish/sharhlash
2022-12-27 07:36:43 Odamlar so'ziga quloq solmay deyman-u hissiz bo'lib qolishdan qo'rqaman, inson qalbi, hissiyotlari bilan boshqalardan ajralib turadi aslida...
82 views04:36
Ochish/sharhlash
2022-12-25 10:09:38
Bir yomon, bir uzun, bir ulkan yig'i
Qaysi bir jabrning achchiq tortig'i
Ox, muncha aylanar, muncha to'lg'onar
Ichimda yillarning zanglagan tig'i...
94 views07:09
Ochish/sharhlash
2022-12-23 20:41:20
Har bir qiyinchilik ortidan albatta yengillik bor.

Qiynalyotgan, oddiy qilib aytganda hamma ishlaringiz rasvo bo'layotgan bo'lsa tushkunlikka tushmang!

Muammolar hal bo'ladi, ishlaringiz yaxshilanadi, hammasi siz istagandek bo'ladi, ishoning!
101 views17:41
Ochish/sharhlash
2022-12-23 13:51:15 #erkinlikka_nima_yetsin

Mendan ko'ra ancha vatanparroq bo'lgan Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunladi. Shuningdek, bunday sharoitda ishlay olmasligini ma'lum qildi.

Mendayin o'ziga xon, o'ziga bek bo'lishni sevuvchi, hurriyat erkasini nega bunday qiynamoqchisiz? Tabiatan erkin va o'z fikrimga egaligimcha qolishni istayman!
62 views10:51
Ochish/sharhlash
2022-12-21 16:05:39 Blog boshla

Balki fikrlaringni bo’lishging kelmas. Kim ham o’qirdi deb o’ylarsan. Mayli faqat bitta odam o’qisin. Kundalik sifatida ishlatarsan balki.

Hech kim o’qimasa ham aslida eng ko’p foydasi o’zingga bo’ladi. Yil, oylar o’tib fikrlashing qanday o’zgarganini ko’rasan.

O’zgarmasachi? Blog yuritgan har qanday odamniki o’zgaradi. Fikrlarini jamlab yozishni boshlash aqliy o’sishsiz bo’lmaydi.

Balki senga qiziq emasdir. Kengroq o’yla. Senga fikrlaring qiziq bo’lmasa — jamoang, oilang, do’stlaring, kelajakda esa farzand va nevaralaringga qiziq.

Yoshlikdagi barcha rasmlarimni o’sha yoshdagi 10-15 ta fikrlarim yozilgan qog’ozlarga tikka almashgan bo’lardim.

Otamni 20 yoshligidagi rasmi meni uncha hayratga solmagan. Lekin kundaliklarini bir necha marta o’qidim. Men tug’ilgach yozishni to’xtatgan ekanlar — vaqtlari kamayib ketgan. Har o’qiganimda ko’zimga yosh keladi.

O’zingga va atrofdigalarga qiladigan eng katta yaxshiliging ham shu. Rasmlaringni bo’lishishni to’xtat. Fikrlaringni bo’lish.

P.S.
Turmush qurishdan oldin rasmlarni almashgandan ko’ra, blog linklarini almashgan afzal. Odamning fikrlari uning rasmidan ko’ra 100 barobar ko’proq ma’lumot beradi.

@azizrakhimov_blog
52 views13:05
Ochish/sharhlash
2022-12-18 22:27:53 Bu yilgi Jahon Chempionati zo'r o'tdi. Unda Ronaldo yutmagan bo'sa ham)

O'yinlarni kuzatgan futbolni chunmaydigan odam ham shuni chundiki, jamoa katta rol o'ynaydi hatto jamoada dunyodagi eng zo'r futbolchi bo'lsa ham. U borini bersa ammo jamoa yutishni xohlamasa shuncha qilingan harakat bir pul.
Bu faqatgina futbolda emas boshqa jamoaviy ishlarda ham kuzatilinadi.  Shu ishni dasturlash sohasida ko'radigan bo'lsak, jamoada deadline ga amal qiladigan inson va u 24/7 code yozsa ham jamoadagilari orqaga tortsa bu insonga rahmimiz kelmasdan ilojimiz yo'q. Chunki uning 24/7 yozgan code emas boshqalarning qilgan xatosi ko'zga ko'rinadi. Va bu inson katta ehtimol bilan shu jamoa bilan birga so'nadi yoki soxasini almashtiradi.

You can't change the people around you,
but you can change the people around you.

@shon_parker
80 views19:27
Ochish/sharhlash
2022-12-18 20:29:57 Goool
76 views17:29
Ochish/sharhlash