Get Mystery Box with random crypto!

Balkim yetar… Media va marketing jamoada ishlashdan avval imk | Muborakda nima gaplar?

Balkim yetar…

Media va marketing jamoada ishlashdan avval imkon boricha aniq KPI’lar qo’ydirib olib keyin ishni boshlang.

Siz tajribali dizaynersiz. Kuniga, haftasiga yoki oyiga nechta dizayn qilishni tasliqlatib oling. Albatta dizaynlaringizni kategoriyalarga bo’lgan holda.

Siz montaj ustasisiz. Bir oyda qancha hajmda ish qila olishingizdan kelib chiqib, oylik limit qo’yib oling. Ishga ta’sir qiluvchi tashqi omillarni ham hisobga qo’shing.

Siz SMM menejerimiz, unda maximal ravishda texnicheskiy vazifalarni aniq qilib oling. Barcha kampaniyalarning muvaffaqiyatli bo’lishiga hech qaysi marketolog garantiya bera olmaydi.

Biznes egasi bilan narx masalasida aniq gaplashib oling. Siz tajribali bo’lsangiz 3-4 mln oylik olib ishlab yurishingiz, birinchidan o’zingizning mehnatingizni qadrsiz hisoblashingiz, ikkinchidan sizning maoshingizga ehtiyoji bor oilangizga qaysidir ma’noda zulm qilayotgan bo’lishingiz mumkin.

Biznes bu biznes. Savob qilish boshqa masala.

Agar haqiqatdan savob qilgingiz kelsa, chin yurakdan ish vaqtidan ortiqcha ishlab o’sha ishingizga yordamingiz tegishi ham savob bo’laveradi agar niyatingizni shunga qilsangiz.

1 yillik tajriba kam degani emas. Agar o’zingizda qiziqish bo’lsa, faqat aytilgan vazifani bajarib yuradigan insonlar qatoriga kirmasangiz, 1 yilda “tajribali” mutaxassisga aylanasiz.

Xullas, shunaqa gaplar. “O’zbekchilik” deb yursangiz, umringiz o’taveradi. Siz biznesga “yordam beraman” deb, oilangizga va o’zingizga jabr qilib qo’yishingiz mumkin.

O’zingizni qadrlashni o’rganing. Mehnatingizni arzon baholamang.

@nefelibata_stories