Get Mystery Box with random crypto!

ILM FAZILATI Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdi | Mubaşşir Ahmad

ILM FAZILATI

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Yaqin zamonda mening ummatlarim olim va
faqihlardan uzoqlashadilar. So‘ngra Alloh ularni uch baloga giriftor qiladi:
1. Kasblaridan baraka
ko‘tariladi.
2. Zolim sulton ularga podshoh bo‘ladi.
3. Ular dunyodan iymonsiz holda ketadilar"
("Mukoshafatul asror").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qiyomat kunida to‘rt nafar kishi hisobkitobni ko‘rmasdan jannat eshigi oldiga keltiriladi.
1. Ilmiga amal qilgan olim.
2. Befasod haj qilgan hoji.
3. Jang maydonida o‘ldirilgan shahid.
4. Halol mol topishni kasb qilib, Alloh yo‘lida riyosiz infoq-ehson qilgan saxiy.


Bular jannatga qaysi birlari avval kirishi haqida tortishib qoladi. Shunda Jabroil (a.s.) ularning o‘rtasida hukm chiqarish uchun yetib keladilar. Birinchi bo‘lib shahiddan dunyoda nima amal qilganini va nima uchun birinchi bo‘lib jannatga kirishni xohlayotgani haqida so‘raydilar. Shahid: "Men jang maydonida Alloh roziligi uchun o‘ldirildim", deydi. Jabroil (a.s.): "Shahidning savobini kimdan eshitgansan?" deb so‘raydilar.

Shahid: "Ulamolardan", deb javob beradi. Shunda Jabroil (a.s.): "U holda mualliming oldida odob saqla!" deb tanbeh beradilar. So‘ngra hoji bilan ham shunday savol-javob bo‘ladi. Va nihoyat saxiy bilan ham shunday savol-javob qiladilar. Shunda olim: "Ey Rabbim! Men bu ilmimga saxiyning saxovati va ehsoni bilan erishdim-ku?" deydi. Shunda Alloh taolo: "Ey jannat (qo‘riqchisi), eshigingni och! Bu olim to‘g‘ri gapirdi. Shuning uchun avval saxiy, so‘ngra qolgan uchovlon kirsinlar!" deb amr qiladi ("Mukoshatul-anvar").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Olimning obiddan ulug‘ligi mening sizlarning eng kichiklaringizdan farqim kabidir". Zero, Alloh taolo Ibrohimga (a.s.) vahiy qilib: "Men olimman, olim bandamni yaxshi ko‘raman", dedi.
Hasan (r.a.): "Ulamolarning siyohi bilan shahidlar qoni Qiyomat kunida o‘lchanadi. Shunda ulamolarning siyohi shahidlar qonidan og‘ir keladi", dedilar.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ham: "Bu dunyoda olim bo‘l yoki mutaalim (ilm o‘rganuvchi) bo‘l yoki ularni tinglovchi bo‘l! To‘rtinchi kishi (ya’ni, ilm olmaydigan, ularni eshitmaydigan) bo‘lma, halok bo‘lasan", deganlar.

Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam): "Amalning afzali qaysi?" deb so‘rashdi. Shunda ul zot: "Oxirat ilmi", dedilar. Chunki ozgina amalning, agar u ilm bilan qilinagan bo‘lsa, foydasi bor.
Johilning ko‘p amalidan esa foyda yo‘qdir. Ma’lum bo‘lmoqdaki, ilm ibodatdan sharafliroqdir. Lekin ibodat ham banda uchun zarur. Bordi-yu aksincha bo‘lsa, bandaning amalsiz ilmi oddiy sochilgan tuproq kabi bo‘ladi.

Yana aytganlarki: "Haqiqatdan ham, Alloh va maloikalari va yeru osmon ahli, hatto inidagi chumolilar, dengizdagi baliqlar ham insonlarning yaxshi muallimiga salovot aytadilar" ("Zubdatul voiziyn").

"Durratun nosihiyn" kitobidan. Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

@Mezanauz