Get Mystery Box with random crypto!

MTTyangiliklari&uyda qoling

Telegram kanalining logotibi mttyangiliklar — MTTyangiliklari&uyda qoling M
Telegram kanalining logotibi mttyangiliklar — MTTyangiliklari&uyda qoling
Kanal manzili: @mttyangiliklar
Toifalar: Siyosat , Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 85
Kanalning ta’rifi

Kanalda yangiliklar
🔊Mashĝulotlar
👨‍👩‍👧‍👦Farzand tarbiyasi oid
🖼️Kõrgazmalar
📷fotolavhalar yoritilb boriladi
Barcha tuman viloyat va shahar MTTlari uchun
Rasm joylash uchun @Tarbiyachi_000 ga murojaat qiling

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-08-11 11:21:43
Тошкент вилояти .
Ангрен шахар.
43- ДМТТ .
8-гурух .
Фан ва табиат марказида.
Мавзу:"Сув билан тажриба"
Тарбиячи .Исматова О.А.
11,08,2021.
211 views08:21
Ochish/sharhlash
2021-08-11 11:21:43
Toshkent viloyati
Angren shahar
43-DMTT 8"Qaldirgoch" nomli maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchisi
Toirov Elyorning
"BESH TASHABBUS" ning,
uchinchi tashabbusi bóyicha tayyorlagan
VIDEOROLIGI
TARBIYACHI: Ismatova Odina Ablayorovna.
188 views08:21
Ochish/sharhlash
2021-08-11 11:21:42
Toshkent viloyati
Angren shahar
43-DMTT 8"Qaldirgoch" nomli maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchisi
Gafurova Munavarning
"BESH TASHABBUS" ning,
birinchi tashabbusi bóyicha tayyorlagan
VIDEOROLIGI
TARBIYACHI: Ismatova Odina Ablayorovna.
186 views08:21
Ochish/sharhlash
2021-05-23 07:24:21 Assalomu aleykom xurmatli obunachilar endilikda kanalga faoliyat ishlanma joylash mutlaqo bepul. Murojaat uchun @Tarbiyachi_000. Eslatib õtamz endilikda faoliyat ishlanma joylab tashakkurnomaga ega bõlasiz
406 views04:24
Ochish/sharhlash
2021-05-23 07:23:49 Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar.

O'yin mashg'ulotining maqsadlari:
talimiy: tarbiyalanuvchilarga maishiy texnikaning ahamiyatini tushuntirish, ularda xotira, fikrlash, tasavvurni kengaytirish;
rivojlantiruvchi: bolalarning ilm-fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, ularning nutqi rivojlanishiga yordam berish;
tarbiyaviy: maishiy texnika bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, jihozlardan ehtiyot bolib foydalanish.

Tarbiyachi: - U kim, bu nima deb savol berishni yaxshi koradigan bolajonlar, assalomu alaykum!
Bu safargi o'yin mashg'ulotimiz maishiy asboblarni organishga bagishlanadi. Qani, kimning uyida qanday maishiy asboblar bor?

1-bola: - Biznikida dazmol bor.

2-bola: - Biznikida changyutkich bor.

3-bola: - Biznikida suv qaynatkich, muzlatkich bor.

4-bola: - Biznikida televizor, kompyuter bor.

Tarbiyachi: -Bolajonlar, qarang, deyarli hammamizning uyimizda kamida uch-torttadan maishiy asbob bor. Bugungi kelib maishiy asboblar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Chunki ulardan togri foydalansak, bizga kop yordam beradi. Endi, tasavvur qiling-a, bir kun chiroq ochib maishiy asboblardan foydalanolmay qolsak nima boladi?

5-bola: - Muzlatkichdagi oziq-ovqatlar erib ketadi.

6-bola: - Kiyimlarimiz dazmollanmay qoladi.

7-bola: - Oyim bizga sharbat chiqarib berolmaydilar. Kir ham yuvolmaydilar.

8-bola: - Biz televizordan sevimli multfilmlarimizni ko'rolmay qolamiz.

Tarbiyachi: - Ana kordingizmi, bolajonlar, biz maishiy asboblarsiz qiynalib qolamiz. Hozir bizni fan va tabiat markaziga yong'in ochiruvchi akangiz ham kelibdilar qani, ularni eshitaylik-chi, qanday gaplari bor ekan.

Yong'in o'chirish xodimi: - Assalomu alaykum, bolajonlar! Bilasizlarmi, har bir maishiy asbobning oz ishlatish qonun-qoidasi boladi. Ayrim to'polonchi bolalar elektr toki ulanadigan joyga mix tiqib koradi, yana kimdir oyisining soch dazmolidan foydalanib, uni o'chirishni esidan chiqarib qoyadi. Ayrimlar esa ozicha kiyimini dazmol qilib, dazmolni yoniq holda qoldiradi, yana kimdir gaz oynaydi. Bularning hammasi hayot uchun xavfli.

Axir maishiy asboblarning kopi elektr tokiga ulanadi. Shuning uchun uyda ota-onangiz bolmagan vaqtda texnika asboblaridan foydalanmang.
Hozir etiboringizni monitorga qarating, u yerda yongin oqibatida kuyib qolgan bolalarni korishingiz mumkin. Sizlar bilan bunday holat sodir bolmasligi uchun esa kattalar yogida ozingiz maishiy asboblarni yoqmang.

Tarbiyachi: - Ajoyib tavsiyalar uchun sizga katta rahmat. Bolajonlar, endi sizlar bilan til va nutq markazida oyin oynaymiz.

Men bitta harakatning nomini aytaman, siz esa o'sha harakat nimaga tegishli ekanini topishingiz kerak.
U kir yuvadi - kir yuvish mashinasi.

Unda oziq-ovqatlar muzdek saqlanadi - muzlatkich.

U uydagi hamma changlarni oziga yutib oladi - changyutkich.

Kiyimlarimiz uning yordami bilan tekis boladi - dazmol.

Biz har kuni ertalab va kechqurun uni tomosha qilamiz -televizor.

Unda choy qaynaydi - suv qaynatkich.

U go'shtni maydalab beradi - go'sht qiymalagich.


Tarbiyachi: - Barakalla, bolajonlar, sizlar juda to'g'ri javob berdinglar. Endi esa men so'zlarni ketma-ketligini almashtirib qoyib oqiyman, sizlar uni togri ketma- ketlikda joylashingiz kerak.
Sotib oldik biz changyutkich yangi.

Biz yangi changyutkich sotib oldik.
Oshxonada turibdi muzlatkich katta. Oshxonada katta muzlatkich turibdi.
Tikdi oyim mashinasida tikuv ko'ylak. Oyim tikuv mashinasida ko'ylak tikdi.

Tarbiyachi: - Aqlli bolajonlarim, endi esa men maishiy asbobni birlikda aytaman, sizlar esa uni ko`plikda aytishingiz kerak.
Televizor – televizorlar
Muzlatkich - muzlatkichlar
Changyutkich - changyutkichlar
Radio - radiolar
Dazmol - dazmollar
Kompyuter - kompyuterlar.

Tarbiyachi: - Bolalar, uyga topshiriq sifatida uyingiz- dagi bitta maishiy asbobning rasmini chizib kelasizlar va uning nima uchun kerakligini tushuntinb berasizlar.
427 viewsedited  04:23
Ochish/sharhlash
2021-05-21 13:43:29 "ILM YO'LI"

6.7 YOSH BOLALARNI MAKTABGA TAYORLASH.
320 views10:43
Ochish/sharhlash