Get Mystery Box with random crypto!

Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar. O'yin mashg'ulotin | MTTyangiliklari&uyda qoling

Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar.

O'yin mashg'ulotining maqsadlari:
talimiy: tarbiyalanuvchilarga maishiy texnikaning ahamiyatini tushuntirish, ularda xotira, fikrlash, tasavvurni kengaytirish;
rivojlantiruvchi: bolalarning ilm-fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, ularning nutqi rivojlanishiga yordam berish;
tarbiyaviy: maishiy texnika bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, jihozlardan ehtiyot bolib foydalanish.

Tarbiyachi: - U kim, bu nima deb savol berishni yaxshi koradigan bolajonlar, assalomu alaykum!
Bu safargi o'yin mashg'ulotimiz maishiy asboblarni organishga bagishlanadi. Qani, kimning uyida qanday maishiy asboblar bor?

1-bola: - Biznikida dazmol bor.

2-bola: - Biznikida changyutkich bor.

3-bola: - Biznikida suv qaynatkich, muzlatkich bor.

4-bola: - Biznikida televizor, kompyuter bor.

Tarbiyachi: -Bolajonlar, qarang, deyarli hammamizning uyimizda kamida uch-torttadan maishiy asbob bor. Bugungi kelib maishiy asboblar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Chunki ulardan togri foydalansak, bizga kop yordam beradi. Endi, tasavvur qiling-a, bir kun chiroq ochib maishiy asboblardan foydalanolmay qolsak nima boladi?

5-bola: - Muzlatkichdagi oziq-ovqatlar erib ketadi.

6-bola: - Kiyimlarimiz dazmollanmay qoladi.

7-bola: - Oyim bizga sharbat chiqarib berolmaydilar. Kir ham yuvolmaydilar.

8-bola: - Biz televizordan sevimli multfilmlarimizni ko'rolmay qolamiz.

Tarbiyachi: - Ana kordingizmi, bolajonlar, biz maishiy asboblarsiz qiynalib qolamiz. Hozir bizni fan va tabiat markaziga yong'in ochiruvchi akangiz ham kelibdilar qani, ularni eshitaylik-chi, qanday gaplari bor ekan.

Yong'in o'chirish xodimi: - Assalomu alaykum, bolajonlar! Bilasizlarmi, har bir maishiy asbobning oz ishlatish qonun-qoidasi boladi. Ayrim to'polonchi bolalar elektr toki ulanadigan joyga mix tiqib koradi, yana kimdir oyisining soch dazmolidan foydalanib, uni o'chirishni esidan chiqarib qoyadi. Ayrimlar esa ozicha kiyimini dazmol qilib, dazmolni yoniq holda qoldiradi, yana kimdir gaz oynaydi. Bularning hammasi hayot uchun xavfli.

Axir maishiy asboblarning kopi elektr tokiga ulanadi. Shuning uchun uyda ota-onangiz bolmagan vaqtda texnika asboblaridan foydalanmang.
Hozir etiboringizni monitorga qarating, u yerda yongin oqibatida kuyib qolgan bolalarni korishingiz mumkin. Sizlar bilan bunday holat sodir bolmasligi uchun esa kattalar yogida ozingiz maishiy asboblarni yoqmang.

Tarbiyachi: - Ajoyib tavsiyalar uchun sizga katta rahmat. Bolajonlar, endi sizlar bilan til va nutq markazida oyin oynaymiz.

Men bitta harakatning nomini aytaman, siz esa o'sha harakat nimaga tegishli ekanini topishingiz kerak.
U kir yuvadi - kir yuvish mashinasi.

Unda oziq-ovqatlar muzdek saqlanadi - muzlatkich.

U uydagi hamma changlarni oziga yutib oladi - changyutkich.

Kiyimlarimiz uning yordami bilan tekis boladi - dazmol.

Biz har kuni ertalab va kechqurun uni tomosha qilamiz -televizor.

Unda choy qaynaydi - suv qaynatkich.

U go'shtni maydalab beradi - go'sht qiymalagich.


Tarbiyachi: - Barakalla, bolajonlar, sizlar juda to'g'ri javob berdinglar. Endi esa men so'zlarni ketma-ketligini almashtirib qoyib oqiyman, sizlar uni togri ketma- ketlikda joylashingiz kerak.
Sotib oldik biz changyutkich yangi.

Biz yangi changyutkich sotib oldik.
Oshxonada turibdi muzlatkich katta. Oshxonada katta muzlatkich turibdi.
Tikdi oyim mashinasida tikuv ko'ylak. Oyim tikuv mashinasida ko'ylak tikdi.

Tarbiyachi: - Aqlli bolajonlarim, endi esa men maishiy asbobni birlikda aytaman, sizlar esa uni ko`plikda aytishingiz kerak.
Televizor – televizorlar
Muzlatkich - muzlatkichlar
Changyutkich - changyutkichlar
Radio - radiolar
Dazmol - dazmollar
Kompyuter - kompyuterlar.

Tarbiyachi: - Bolalar, uyga topshiriq sifatida uyingiz- dagi bitta maishiy asbobning rasmini chizib kelasizlar va uning nima uchun kerakligini tushuntinb berasizlar.