Get Mystery Box with random crypto!

Suv bayramida foydalanish ushun. Masxaraboz baliq. Ko'rsatam | MAHORAT MAKTABI

Suv bayramida foydalanish ushun.

Masxaraboz baliq.

Ko'rsataman tomosha,
Kelinglar shosha-shosha.
Masxarabozman axir,
Keldim dengizlar osha.

Meduza.

Soyabonchaga o'xshab,
Suzib yuraman sekin.
Qo'ysangiz bilmay ushlab.
Biroz xavfliman lekin.

Ilon baliq.

Ham ilonman,ham baliq,
Dumim uzun shunchalik.
Ajratmaysiz suv o'tdan.
Bu ham ishga ustalik.

Oltin baliq.

Siz bilgan ertakdagi,
Oltin baliq bo'laman.
Ochko'zlarni hamisha,
Ta'zirin xo'p beraman.

Dengiz toshbaqasi.

Oqimga tushib olib,
Manzil tomon suzamiz.
Mitti tuxumchalarni,
Qum ostiga ko'mamiz.

Xasanova Nilufar
5.07.2023.


https://t.me/MTT_xodimlariga