Get Mystery Box with random crypto!

#premyera Assalomu alaykum! Bugun men oʻzimning yangi asarimn | MAHORAT MAKTABI

#premyera

Assalomu alaykum!
Bugun men oʻzimning yangi asarimni taqdim etmoqdaman.Asar oʻrta va katta guruh tarbiyalanuvchilar ijrosi uchun.

TARBIYACHI VA MUSIQA RAHBARLAR TALABLARIGA BINOAN MAXSUS IJOD QILDIK.

TINGLAB BAHO BERING!

https://t.me/shuhratjonsayfullayev


ESLATMA: Fikr-mulohazalaringizni boʻlsa, albatta
@shuhratjon_979_sayfullayev joʻnatishingizni soʻraymiz!

#Bastakor:SHUHRATJON SAYFULLAYEV  musiqasi.

(
#Buxoro_viloyat_Romitan_tuman_24_mtt_musiqa_rahbari)


#Shoira NILUFAR XASANOVA

#Aranjirovkachi:QAHRAMON  HUSAINOV (#Xorazm_viloyati_Xiva_tumani_6_mtt_musiqa_rahbari)


          "QOʻGʻIRCHOGʻIM"

Qo‘g‘irchog‘im Barchinoy,
Juda malohatga boy.
Sochlari qora, uzun,
Pirpiratadi ko‘zin.

Kiygan atlas ko‘ylagi,
Jim-jima etaklari.
Nimchasi qizil baxmal,
Xo‘p o‘ziga yarashar.

Qo‘lin qo‘yib ko‘ksiga,
Salom berar hammaga.
Kulib turadi doim,
Yuzchalari muloyim.

Odobli-ko‘p gapirmas,
Yig‘lamaydi, baqirmas.
O‘zimdan olgan o‘rnak,
Mening qizimda demak!