Get Mystery Box with random crypto!

O‘yinlar haqida! Ma'lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bi | MAHORAT MAKTABI

O‘yinlar haqida!

Ma'lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni eng asosiy va yetakchi faoliyatlaridan biri o‘yindir. Yetakchi faoliyat deb bolaning ayni shu yoshda tez~tez ko‘zga tashlanib turadigan hatti~harakatiga aytamiz. Yetakchi faoliyat shunday faoliyatki, bu faoliyat tufayli bolaning psixik jihatdan o‘sishida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, mana shunday asosiy faoliyat jarayonida bolaning barcha psixik prosseslari anchagina o‘sadi. O‘yin~maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishning muhim vositasi, ularning asosiy faoliyatida bola shahsi faoliyat sub'ekti sifatida shakllana boshlaydi.

O‘yin turlari:
1.Syujetli~rollarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar.
2.Didaktik o‘yinlar.
3.Harakatli~qoidali o‘yinlar.
4.Aralashtirilgan o‘yinlar.
5.Qurish~yasash o‘yinlari.

O‘yin guruhlari:
1.Kishilarning yaratuvchanlik mehnatlarini aks ettiruvchi o‘yinlar.
2.Maishiy turmushni aks ettiruvchi o‘yinlar.
3.Ijtimoiy voqealarni, an'analarni aks ettiruvchi o‘yinlar.

O‘yin turkumlari:
1.Ijodiy o‘yinlar.
2.Qoidali o‘yinlar.

Ijodiy o‘yin turlari:
1.Syujetli~rolli o‘yinlar.
2.Sahnalashtirilgan o‘yinlar.
3.Qurish~yasashga doir o‘yinlar.

Qoidali o‘yin turlari:
1.Didaktik o‘yinlar.
2.Harakatli o‘yinlar.
3.Musiqaviy o‘yinlar

Xasanova Nilufar

t.me/MTT_xodimlariga