Katta guruh uchun mashg‘ulot ishlanma. Faoliyat: Nutq o‘stiri | MAHORAT MAKTABI
Katta guruh uchun mashg‘ulot ishlanma.
Faoliyat: Nutq o‘stirish.
Mavzu:''Kim nima bilan band?''
Ta'limiy faoliyat maqsadlari:
Ta'limiy: tarbiyalanuvchilarda lug‘atni boyitish bo‘yicha ishlarni davom ettirish, nutqning ravon bo‘lishiga e'tibor berish, bolalarning kasblar haqidagi tushunchalarini mustahkamlash va kasblarga qiziqishlarini uyg‘otish.
Rivojlantiruvchi: bolalarning har xil kasb egalari turlu ishlar bilan band bo‘lishi borasidagi ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Tarbiyaviy: bolalarda hamma kasb egalariga hurmat va ularning mehnatlarini qadrlash hissini uyg‘otish.
Kerakli jihozlar: turli kasb egalari bajarayotgan ishlari tasvirlangan plakat, AKT.
Ta'limiy faoliyatning borishi:
Tarbiyachi~Inson paydo bo‘lganidan bo‘yon mehnat qilib yashaydi. Ma'lumki, odamlarning ehtoyojlarini ta'minlash uchun yer yuzida juda ko‘plab kasb bo‘lib, ana shu kasblarning barchasi odamlarga xizmat qiladi. Hozir monitorga diqqatingizni qaratamiz va predmetlarni kuzatib, ularni kimlar yaratishi mumkinligini birgalikda topamiz.
Uy~quruvchi.
Ko‘ylak~tikuvchi.
Bemor~shifokor.
Maktab~o‘qituvchi.
Non~nonvoy.
Shirinlik~qandolatchi.
(Bolalar bu vazifalarni qaysi kasb egalari bajarishini aytadi)
Tarbiyachi~Bolalar kelinglar endi turli kasblar haqida yod olgan she'rlarni yodga olamiz.
1~bola.
Kasblar ko‘pdir dunyoda,
Bir~biridan ziyoda.
Kasb~hunarni egallab,
Baxt~iqbolga yetarlar.
Orzuli bo‘lsa yurak,
Bajo bo‘ladi istak.
2~bola.
Bo‘lsammikan agronom,
Juda jarangli bu nom.
O‘stirar edim paxta,
Butadamas daraxtda.
3~bola.
Men bo‘lsammi, bo‘yoqchi,
Uning ishiga boqchi.
Bo‘yalgan zahot xona,
Go‘zallashadi yana!
4~bola.
Men bo‘lsammi duradgor,
Bu ishda xo‘p hikmat bor.
Aytingchi kim birpasda,
Ketmonga yasar dasta!?
5~bola.
Men bo‘lsammi fazogir,
Yerni aylanib gir~gir.
Keyinchi, qo‘nsam Oyga,
Oy bilan qilib poyga.
6~bola.
Men bo‘lsammi haydovchi,
Qo‘l ko‘tarsa yo‘lovchi.
Mashinam g‘iz~g‘iz etsa,
Darhol manzilga yetsam.
7~bola
Men bo‘lsammikan kulol,
Sizni qilib hayron~lol.
Yasasam ko‘za, idish,
Juda maroqli bu ish!
8~bola.
Men militsioner bo‘lay,
Har vaqt postimda turay.
Sezgir bo‘lsam bag‘oyat,
Bo‘lmas sira jinoyat!
9~bola.
Men bo‘lsammikan nonvoy,
Hamma ko‘rib desa voy.
Yaratsam katta tandir,
Va yopsam bir uy patir.
10~bola.
Men bo‘lsammikan oshpaz,
Hamma qilardi havas.
O‘ylab topsam bir taom,
''Yurtim''deya bersam nom.
Tarbiyachi~Bolajonlar, mana bu rasmdagi kasb egalari qanday harakat bajarayotganlarini gapirib beramiz.
Kim soch olayapti?
Kim non yopayapti?
Kim mashina haydayapti?
Kim dars o‘tayabdi?
Kim ovqat pishirayapti?
(Bolalar savollarga javob berish asnosida kasblarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtiriladi.)
Tarbiyachi~Endi jismoniy daqiqa o‘tkazib olamiz.
Novvoy non yopar tap~tap,
Duradgor esa taq~taq.
Shofyor keladi bib~bib,
Askar yuradi shaxdam.
Tarbiyachi~Bolajonlar, mana bu kartochkalarda turli kasb egalarining mehnat qurollari aralashib ketibdi. Kelinglar, har bir kasb egasiga o‘z mehnat qurolini topib beramiz.
Tarbiyachi kitobidan foydalanib yozildi.
Xasanova Nilufar.
http://t.me/MTT_xodimlariga