#FAOLIYAT ISHLANMA Men va mening uyim. O'yin mashgulotining | MAHORAT MAKTABI

#FAOLIYAT ISHLANMA
Men va mening uyim.

O'yin mashgulotining maqsadlari:
talimiy: bolalarga uylarning turlari haqida malumot berish. Ularga oz yashash manzillarini orgatish;
rivojlantiruvchi: chamalash qobiliyatini rivojlantirish;
tarbiyaviy: bolalarda tasavvurni kengaytirish va xotirani kuchaytirish.

Tarbiyachi: - Assalomu alaykum, bolajonlar, bugungi mavzuimiz «Men va mening uyim» deb nomlanadi. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida korib turganingiz uylarning oyinchoq maketlari. Qani, kim aytadi, ular nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?

1-bola: - Mana bu uy bir qavatli, mana bunisi esa kop qavatli.

2-bola: - Bu uy gishtdan qurilgan, bunisi esa betondan.

Tarbiyachi: - Bolalar, hozir biz siz bilan «Muxbir» oyinini oynaymiz. Men muxbir bolaman va sizdan qayerda yashashingizni sorayman. Siz esa oz yashash manzilingizni aytasiz.
(Har bir bola oz yashash kochasi va иу raqamini aytadi).

Tarbiyachi: - Ayting-chi, bolalar uy biz uchun qanday vazifani bajaradi?

3-bola: - Uyimiz qishda sovuqdan, yozda issiqdan himoya qiladi.

4-bola: - Uyimiz chiroyli, biz unda mazza qili yashaymiz.

5-bola: - Buvim aytadilarki, Vatan uyimizdan boshlanarkan.

Tarbiyachi: - Hammangiz Uyimiz boshpana, yaqinlarimiz maskan. Bizni ulgaytirgan, bergan javoblar togri. Mehri bilan yorishgan voyaga yetkazayotgan bobo-buvilarimiz, ota-onamiz kabi muqaddasdir. Hech sezganmisiz, mehmonga borganda biroz oynagandan keyin darrov uyga ketgingiz kelib qoladi. Bu uyingizga bolgan yashirin mehr xuddi ohanrabodek sizni oziga chorlaganini bildiradi.

Tarbiyachi: - Endi hammamiz mana bu legolardan oz tasavvurimizdagi uyni quramiz. Uylar har xil bolishi mumkin.
(Bolalar turli shakldagi va kattalikdagi uylarni quradilar va har bir bolaning ishi alohida tariflanib, olqishlanadi).

Tarbiyachi: - Bolajonlar, qarang, syujetli-rolli oyinlar va sahnalashtirish markazida sehrli uycha bor ekan, kelinglar, uni taqillatamiz.
(Uychadan Suv parisi chiqib keladi).

Suv parisi: - Assalomu alaykum, aziz bolajonlar, men sizlarni oyin mashgulotida faol ishtirok etayotganingizni kuzatib otiribman. Judayam aqlli va ziyrak bolalar ekansiz. Meni uyingizga mehmonga chaqirasizmi?
Bolalar javobi: - Ha.

Suv parisi: - Unda har biringiz uy manzilingizni, ota-onangizning ish joyi va telefon raqamlarini aytishingiz kerak boladi.
(Bolalar uy manzilini aytishni organishadi).

t.me/MTT_xodimlariga
MAHORAT MAKTABI

MAHORAT MAKTABI

@mtt_xodimlariga
17.24K Obunachilar
Taʼlim Toifa
✓ Maktabgacha ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklar. ✓ Qiziqarli ma'lumotlar. ✓ Tarbiyachilar uchun qo'l mehnatlari ✓"Ilk qadam" saboqlari. ✓ Tarb...