Til va nutq markazida. Mavzu;''Xushmuomalalik alifbosi'' O‘yi | MAHORAT MAKTABI
Til va nutq markazida.
Mavzu;''Xushmuomalalik alifbosi''
O‘yin mashg‘ulotining maqsadlari;
Ta'limiy: Bolalarga xushmuomala so‘zlarni ishlatish ko‘nikmasini mustahkamlash, ularni ijtimoiy~hissiy rivojlantirish;
Rivojlantiruvchi: Bolalarga yaxshi odatlarni o‘rgatish;
Tarbiyaviy: Boshqalarni tushuna olish ko‘nikmasini shakllantirish.Kattalarning hissiy holatini(suyinish,g‘ururlanish,tinch holat,jahl chiqishi)his qilish.
Tarbiyachi:~Assalomu~alaykum,mening mehribon va bilimdon bolajonlarim.Bugungi o‘yin mashg‘ulotimiz''Xushmuomalalik alifbosi''deb nomlanadi.
Bolajonlar men sizlarga ayrim holatlarni aytaman,sizlar o‘sha holatga mos bo‘lgan sehrli so‘zlarni topishingiz kerak.
1)Men kimdandir yordam so‘rasam nima deyishim kerak?(Iltimos)
2)O‘rtog‘imdan kitobini foydalanishga olsam,nima deyishim kerak?(Raxmat)
3)Agar minnatdorchilik bildirmoqchi bo‘lsam(Minnatdorman)
4)Xayrli kun tilaganda(Xayrli kun)
5)Xayrli kech tilaganda(Xayrli kech)
6)Kimdir sizni chaqirsa(Labbay)
7)Xayrlashganda(Yaxshi boring)
8)Xursand bo‘lganda(Mamnunman).
Tarbiyachi:Barakalla bolajonlarim sizlar judayam ko‘p sehrli so‘zlarni bilar ekansiz.Bolajonlarim''Zumradva Qimmat''ertagini bilasizlar to‘g‘rimi?Qaranglar usha ertakdagi Zumradxon mehmon bo‘lib kelibdilar.Marxamat Zumradxon,xush kelibsan.
Zumradxon~Assalomu~alaykum,bolalar bugun men biroz xafaman.O‘gay onam meni xafa qildilar.
Tarbiyachi:Bolajonlar,Zumradxonni kayfiyatini ko‘tarish uchun unga yaxshi tilaklar bildiramiz.Qani,boshladik.
1~Zumradxon, senga sog‘lik tilayman.
2~Zumradoy,doimo kulib yurgin,senga juda yarashadi.
3~Sen chiroylisan,kuning xam chiroyli o‘tsin.
4~Zumradxon,seni hammamiz yaxshi ko‘ramiz.
5~Hamma orzularingga erishgin.
6~Doimo sog‘ bo‘l.
Tarbiyachi:Ana Zumradxon sizning yaxshi tilaklaringizni eshitib,xursand bo‘ldi.Zumradxon,doimo xozirgidek quvnoq bo‘lib yur.
Tarbiyachi:Bolajonlar biror kishini xafa qilib qo‘ysak nima deyishimiz kerak?
~Meni kechir.
~Bunday bo‘lganidan afsusdaman.
~Mendan xafa bo‘lma.
~Sendan uzr so‘rayman,ayb mendan o‘tdi.
~Bo‘nday bo‘lishini xohlamagandim.
~Iltimos,meni kechiring.
Tarbiyachi:Bolajonlar,so‘z misoli o‘qdir!U og‘izdan chiqdimi,uni ortga qaytarishni sirayam imkoni bo‘lmaydi.
Shunday ekan,har bir so‘zni o‘ylab gapirish,imkoni boricha yaxshi so‘zlarni topib aytishimiz,odamlarni ko‘nglini topishimiz lozim.
Manba:''Tarbiyachi kitobi''
t.me/MTT_xodimlariga