Bayram muborak ona. Kechalari allalab, Ertak aytgan erkalab | MAHORAT MAKTABI

Bayram muborak ona.

Kechalari allalab,
Ertak aytgan erkalab.
Boshimizni silagan,
Bizga umr tilagan.
Mehribonim~onajon,
Omon bo‘ling harqachon.

Uyimizning quyoshi,
Tog‘lardayin bardoshi.
Kecha~kunduz parvona,
Mehribon, aziz ona.
Kuylayman shodiyona,
Bayram muborak ona.

Ta'rifingiz she'rga bitay,
Bugun sizga qo‘shiq aytay.
Gullar tushay poyingizga,
Xizmat qilay doim sizga.
Kuylayman shodiyona,
Bayram muborak ona.

Karmana tuman 8~DMTT tarbiyachisi Xasanova Nilufar.

t.me/MTT_xodimlariga
MAHORAT MAKTABI

MAHORAT MAKTABI

@mtt_xodimlariga
17.24K Obunachilar
Taʼlim Toifa
✓ Maktabgacha ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklar. ✓ Qiziqarli ma'lumotlar. ✓ Tarbiyachilar uchun qo'l mehnatlari ✓"Ilk qadam" saboqlari. ✓ Tarb...