Get Mystery Box with random crypto!

MTT Musiqa rahbarlari | MTT hodimlari

Telegram kanalining logotibi mtt_musiqa_kanali — MTT Musiqa rahbarlari | MTT hodimlari M
Telegram kanalining logotibi mtt_musiqa_kanali — MTT Musiqa rahbarlari | MTT hodimlari
Kanal manzili: @mtt_musiqa_kanali
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.33K
Kanalning ta’rifi

Maktabgacha taʼlim hodimlari va musiqa rahbarlari uchun maxsus kanal!
155-buyruq asosidagi lotin alifbosida tuzilgan ish xujjatlari: 👇
@musiqa_rahbari_xujjatlari

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-05-20 11:11:21 https://t.me/joinchat/AAAAAFdLoDGsZNUwbXuTPA
3.3K viewsXasanova Nilufar, edited  08:11
Ochish/sharhlash
2023-05-20 11:11:12 #tavsiya "1-iyun Bolalarni himoya qilish kuniga mos final qo'shiq.
4 nafar pedagog va 2 nafar bolajon(qiz va oʻgʻil) ijrosi uchun yozildi.

ESLATMA: Fikr- mulohazalaringizni boʻlsa, albatta
@shuhratjon_979_sayfullayev joʻnatishingizni soʻraymiz!

#Bastakor:SHUHRATJON SAYFULLAYEV.(#Buxoro_viloyat_Romitan_tuman_24_mtt_musiqa_rahbari)


#Shoira: NASIBA ERXONOVA


#Aranjirovkachi:QAHRAMON  HUSAINOV (#Xorazm_viloyati_Xiva_tumani_6-mtt_musiqa_rahbari)


  "JAJJI TILAK"

Mehr istar
Bolalarning
Yuraklari.
Tinchlik istar,
Shudir doim
Tilaklari.

Ko‘z quvnasin,
Xursandlikdan
Shodonlikdan.
Dil yayrasin
Baxtu iqbol
Donolikdan.

Vatanimiz
Kelajagi
Sizlardirsiz.
El umidi
Baxtli o'g'il -
Qizlardirmiz.

Gul-lolamiz
Sizlarga biz
Erka, suyuk.
Sho‘x bolamiz
Maqsadlari
Yuksak, buyuk.

Yangi zamon
Jajjigina
Qo‘limizda.
Baxt porlaydi
Har qadamda
Yo‘limizda.

Marjonlarmiz
Millatimiz
Dur-gavhari.
Bo‘lajakmiz
Biz albatta
Yurt javhari.


https://t.me/joinchat/AAAAAFdLoDGsZNUwbXuTPA
3.4K viewsXasanova Nilufar, edited  08:11
Ochish/sharhlash
2023-05-20 06:53:33 Бизга "МЕГА ЎЙИНЧОҚЛАР" буюртма қилган ва буюртма қилмоқчи бўлаётган мижозларимиздан ушбу аудиони тинглашларини сўраймиз!!!

Махсулотларимиз каталогни кўриш.
2.7K viewsNuriddin Yuldoshev, 03:53
Ochish/sharhlash
2023-05-19 04:28:36 ЖУМЪА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН

АССАЛAМУ АЛАЙКУМ

Қадрли диндошим, Сизни ва барча оила аъзоларингизни “ЖУМЪА АЙЁМИ” билан муборакбод этамиз.

Сизга ва оилангизга соғлик-омонлик, икки дунёни саодатидан насиб этишини сурайман.

Аввало она Юртимиз тинч, осмонимиз доимо шундай мусаффо булсин!

Байрамни оила аъзоларингиз билан шодлик, хурсандликда хайрли утказишингизни тилаб коламан!

АЛЛОҲИМ, келаси шу кунларга Бизларни, Ота‑Оналаримизни, Фарзандларимизни, Аёлларимизни, Дўстларимизни ва барча яқинларимиз билан соғ-омон етказсин!
5.0K views𝘬ꪖ​ꪑꪖꪶ​ꪮ​ꪜ​ꪀꪖ, 01:28
Ochish/sharhlash
2023-05-17 19:12:13
Наманган вилояти Уйчи туман МТБ га қарашли 37-ДМТТда Кичик гуруҳда мусиқали масаж ўйини.
Мусиқа раҳбари.
Аҳмадалиева Маҳмура

https://t.me/joinchat/AAAAAFdLoDGsZNUwbXuTPA
3.4K views𝘬ꪖ​ꪑꪖꪶ​ꪮ​ꪜ​ꪀꪖ, edited  16:12
Ochish/sharhlash
2023-05-17 18:31:36 Besh markaz!

Xasanova Nilufar.

Guruhda beshta markaz,
Ko‘rganlar qilar havas.
Vaqtingiz o‘tadi chog‘,
Markazlar ochar quchoq!

Birinchisi~''Til va nutq'',
Bilim ol, senga yutuq.
Ravon gapir, shoshmasdan,
Nafasingni yutmasdan.

Ifodali ayt she'rni,
His qil nuqta, vergulni.
Agar topsang topishmoq,
Aqling bo‘ladi chaqmoq.

Boyisa agar nutqing,
Oshadi tafakkuring!
Ishni boshlagin Eshmat,
O‘rganmoqlikdan lug‘at.

Ikkinchisi~''Qurish~yasash,
Va matematika markazi''
O‘lchash,tenglash va sanash,
Hisob~aqlingning charxi!

Aylana,to‘rtburchakni,
O‘ynab tanib olamiz.
Murakkab ko‘pburchakni,
Esda olib qolamiz.

Katta va kichiklikni,
Qurib~yasab bilamiz.
Ko‘plikni va tenglikni,
Shu yerda o‘rganamiz.

Mana fan va tabiat,
Kutib turibdi navbat.
Tajribalar maydoni,
Mo‘jizalarning koni.

O‘simlik va gullarni,
Ekib,parvarishlaymiz.
Jonli~jonsiz turlarni,
Aynan shunda farqlaymiz.

Jonlananib bunda ertak,
Rolli o‘yin o‘ynaymiz.
Bo‘lsa sizda ham istak,
Sahnamizga chorlaymiz.

Ajoyib markazimiz,
Nomini bilib oling.
Syujetli~rolli o‘yin,
Markazidan zavq oling.

Bir kuni~Zumradoymiz,
Qizil qalpoqcha~ bir kun.
Ertaklarga boymiz biz,
Mazmunli o‘tar har kun!

Mana''San'at''markazi,
Ijodkorlar maskani.
Mo‘yqalamni olamiz,
Turli rasm solamiz.

Yasaymiz loydan idish,
Juda qiziq bu yumush!
Quritamiz,bo‘yaymiz,
Naqshlar bilan bezaymiz.

Mehnatga qilib havas,
Mashhur bo‘lsak ajabmas.
O‘rganamiz biz hunar,
Bilsang,hunardan o‘nar!

Guruhda beshta markaz,
Ko‘rganlar qilar havas.
Vaqtingiz o‘tadi chog‘,
Markazlar ochar quchoq!

Xasanova Nilufar
14.05.2022~yil.


https://t.me/joinchat/AAAAAFdLoDGsZNUwbXuTPA
3.9K viewsXasanova Nilufar, edited  15:31
Ochish/sharhlash
2023-05-17 15:12:17
#РЕПЕТИЦИЯ ЖАРАЁНИ
Мусиқа рахбари Абдуллаева Нурхон


     МТТ ҳодимлари ва Мусиқа раҳбарлари учун махсус канал !

https://t.me/joinchat/AAAAAFdLoDGsZNUwbXuTPA
3.8K views𝘬ꪖ​ꪑꪖꪶ​ꪮ​ꪜ​ꪀꪖ, edited  12:12
Ochish/sharhlash
2023-05-16 13:41:50 https://t.me/bogchabolajon
Shu prokat kanali
4.3K views𝘬ꪖ​ꪑꪖꪶ​ꪮ​ꪜ​ꪀꪖ, edited  10:41
Ochish/sharhlash
2023-05-16 13:31:45
Assalomu alaykum: Aziz opa singillar Sizlar bu guruhda Bogʼcha va maktab bolajonlari uchun har xil bayram, tadbirlari uchun liboslar koleksiyasini topishingiz mumkin Murojaat uchun +998998652185 Manzil.Margilon.Kombinat."ZUXRO" koʻchasi.(GAYI) Koʻcha …
4.3K views𝘬ꪖ​ꪑꪖꪶ​ꪮ​ꪜ​ꪀꪖ, 10:31
Ochish/sharhlash
2023-05-16 13:22:39 Assalomu alaykum: Aziz opa singillar Sizlar bu guruhda Bogʼcha va maktab bolajonlari uchun har xil bayram, tadbirlari uchun liboslar koleksiyasini topishingiz mumkin
Murojaat uchun
+998998652185
Manzil.Margilon.Kombinat."ZUXRO" koʻchasi.(GAYI) Koʻcha

FARG’ONA VILOYATIDAGI HAMKASBLARGA

     МТТ ҳодимлари ва Мусиқа раҳбарлари учун махсус канал !

https://t.me/joinchat/AAAAAFdLoDGsZNUwbXuTPA
4.7K views𝘬ꪖ​ꪑꪖꪶ​ꪮ​ꪜ​ꪀꪖ, edited  10:22
Ochish/sharhlash