2022-07-14 12:53:21
Yoz mavsumida sog‘lomlashtiruvchi, ko‘ngil ochar''Mo‘jizalar oroli'' o‘yini uchun senariy. Xasanova Nilufar tayyorladi.
O‘yin ochiq havoda, quvnoq musiqali dasturlar va sport o‘yinlari shaklida o‘tkaziladi.
Atrof o‘rmonzor tasvirini beruvchi maketlar,gullar,o‘simliklar bilan bezatiladi.
2~Kema yoki qayiqni maketi.
Bolalar va tarbiyachi qayiqda sayrga chiqishgan.Shamolni ovozi, qayiqlar chayqala boshlaydi.
Tarbiyachi:
~Bolajonlar, manashu orolga tushib, bo‘ron tinishini kutamiz.
Hammalari qayiqdan tushishadi. Oroldan turli qush va hayvonlarni ovozlari eshitilib turadi.
Tarbiyachi:
~Bu qaysi orol bo‘ldiykin? Bir~biringizdan uzoqlashmasdan yuringlar.
Shunda daraxtlar, qushlar niqobidagi ishtirokchilar chiqib kelishadi.
~Bizning orolimizga xush kelibsiz!
~Voy, sizlar gapira olasizlarmi?
~Albatta! Axir siz mo‘jizalar orolidasiz! Bu erda hamma narsalar gapira olishadi! Endi bir umr birga bo‘lamiz!
Tarbiyachi:
~Biz o‘z uyimizga ketishimiz kerak! Bo‘ron tugashi bilan ketamiz!
~Yo‘q, ketolmaysiz! Bizning shartlarimizni bajarmaguningizcha bu yerdan keta olmaysiz!
~Ayting shartingizni!
~Baribir bajara olmaysiz!
Shu paytgacha hech qaysi bola shartlarimizni bajara olishmagan!
~Lekin mening bolajonlarim juda aqlli va chaqqon! To‘g‘rimi bolajonlar?
~Ha, biz shartingizni bajara olamiz!
Biz kuchlimiz, biz chaqqon,
Qani, tez shartni ayting.
Bizlar sho‘xmiz, chiniqqan,
Ishonmaslikdan qayting!
~Unday bo‘lsa, birinchi shartimizni eshiting!
1~shart: Musiqa tugaguncha, to‘siqlar ostidan o‘tib, kubiklarda yashiringan 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni to‘g‘ri joylashtirasizlar.
10~nafar ishtirokchi 4~dona to‘siqni ostidan o‘tishi va yashikchada turgan kubiklar orasidan sonlarni topib, to‘g‘ri joylash kk.( Kubiklarni bitta tomoniga son qolgan tomonlariga gul, meva shunga o‘xshash predmetlar yopishtirilgan).
1~shartdan so‘ng sonlar haqidagi qo‘shiqqa raqs tushish mumkin.
2~shart: Qoplarni kiyib, belgilangan masofagacha sakrab borib kubiklarga yopishtirilgan harflardan'' Ona Vatan'' yoki,, O‘zbekiston'' so‘zini yozish kerak.
2~shartdan keyin''Vatan''haqida qo‘shiq kuylash mumkin.
3~shart:''Hayvonlarni ovozini va harakatini o‘xshatib berish!''
Buning uchun avval shar tanlab, yorib, ichidagi yashiringan hayvonni nomini olish kerak.
3~Shartdan keyin''Chungo~chango'' raqsi.
~Ha, sizlar judayam aqlli, quvnoq, topqir va chaqqon bolalar ekansizlar. Sizlarga qayig‘ingizni va yo‘l xaritasini beramiz! Qiynalmasdan uylaringga yetib olasizlar.
Yaxshi boringlar, yana mehmon bo‘lib kelinglar.
Xasanova Nilufar.
13.07.2022.
Iltimos, insofingiz, vijdoningiz bo‘lsa muallifni o‘chirmay foydalaning!
Chunki, bular~ijod maxsuli hisoblanadi va kitob shaklida tayyorlanayapti!
Sizlarga yordam uchun ilindim!
http://T.me/MTT_musiqa_kanali
2.2K viewsXasanova Nilufar, edited 09:53