Get Mystery Box with random crypto!

Men kimman!?... Bir zarraman keng olam aro, Ko‘z ilg‘amas,odd | MTT Musiqa rahbarlari | MTT hodimlari

Men kimman!?...
Bir zarraman keng olam aro,
Ko‘z ilg‘amas,oddiy va ojiz.
Nafasim ham omonat goho,
Qancha umrim,noaniq bir iz.

Men kimman?!...
Lek yetganda chin manzilimga,
Yaxshi~yomon amallar uchun
Javob berish mening bo‘ynimda,
Oddiy qulman Man Olloh uchun.

Men kimman!?...
Shuncha gunohimga qaramay,
Ne'matlarga ko‘milgan gulman.
Ishq sharobin totgan so‘ramay,
Muhabbat ko‘yida masrurman.

Men kimman?!...
Ulkan gunoh ichra botsamda,
Robbim suhbatiga chorlagan.
Xatto o‘zligim yo‘qotsamda,
Zikri ila yo‘lim poylagan.

Men kimman!?
Bugun boru, ertaga yo‘qman,
Hech kim sezmas boru~yo‘g‘imni.
Goho ochman, gohida to‘qman,
Xatto hamma bilmas ismimni.

Bir sayyohman, bu olam aro,
Sayr etdim, manzilga yetdim.
Umidim bor Egamdan tanho,
Nohaqlardan yuz burib ketdim.

Xasanova Nilufar.
2.09.2022.


Xayrli tun hammaga!


http://T.me/MTT_musiqa_kanali