Get Mystery Box with random crypto!

SABZI VA OLMA DIALOGI Olma: – Men daraxtda pishaman, Pishsam | 👩‍💼 MTT ILG'OR TARBIYACHILAR ⚡️

SABZI VA OLMA DIALOGI

Olma:
– Men daraxtda pishaman,
Pishsam to‘p-to‘p tushaman.
Shaklim yum-yumaloq,
Rangim qizil, sariq oq.
Bog‘bon bobom mevasi,
Hammaning arzandasi.
Daraxtdir mening uyim,
Sog‘liq tilashdir o‘yim.

Sabzi:
– Yer ostidir makonim,
Quyoshni ko‘rmas yuzim.
Lekin shifobaxshlikda,
Qolishmasman, chin so‘zim.
Rangim qizil yo sariq,
Shaklim uzun va oriq.
Dehqonning zahmatidan
Bo‘larman elga tortiq.

Olma:
– Ona quyosh taftidan,
O‘sib bahra olamiz.
Elimiz dasturxonin,
To‘la-to‘kis qilamiz.

Tarbiyachilar ustaxonasi

Bizda faqat eng yaxshilari

Bizga qo''shiling.
https://T.me/Tarbiyachilar_Ustaxonasi