Get Mystery Box with random crypto!

Anor: – Garchi bo‘yim pastgina, Po‘stim ham yarashiqli. Mevam | 👩‍💼 MTT ILG'OR TARBIYACHILAR ⚡️

Anor:
– Garchi bo‘yim pastgina,
Po‘stim ham yarashiqli.
Mevam qizil donacha,
Anor shaklim o‘zgacha

Behi:
– Malla tukli momiq po‘st,
Artsang chiqar qattiq po‘st.
Deyishar meni behi,
Mevalar shohi behi.

Shaftoli:
– Mayin tukli, momiqqina,
Yesang yumshoq, suvlikkina.
O‘rik menga qarindosh,
Shaftoliman hali yosh.

Uzum:
– Gar o‘rmalab o‘ssam ham
Mevalarim ko‘p g‘ujum.
Charos, toyfi, husayni,
Deydilar meni uzum.

Nok:
– Shaklim misli nosqovoq,
G‘irchillayman yegan chog‘.
Yesang deysan ko‘p rahmat,
Nokman, kelgin marhamat.

Tarbiyachilar ustaxonasi

Bizda faqat eng yaxshilari

Bizga qo''shiling.
https://T.me/Tarbiyachilar_Ustaxonasi