Get Mystery Box with random crypto!

Feysbukda taomimiz suratini qo‘ymasligimiz bizning ovqatlanmas | Mr PsixologTv

Feysbukda taomimiz suratini qo‘ymasligimiz bizning ovqatlanmasligimizni bildirmaydi.
Ayollarimizning suratini qo‘ymasligimiz bizning bo‘ydoqligimizni bildirmaydi.
Sajda qilib turganimiz suratini qo‘ymasligimiz namoz o‘qimasligimizni bildirmaydi.
Shifoxonada muolaja olayotganimizni qo‘ymasligimiz kasal bo‘lmasligimizni bildirmaydi.

Tog‘u-toshlar va xorijga sayohatimizni qo‘ymasligimiz uyimizga qamalib olib, kalitni yutib yuborganimizni bildirmaydi.
Onalarimiz qo‘llarini o‘pib tushgan suratlarimizni qo‘ymasligimiz ularga oq bo‘lganimizni bildirmaydi.
Mutolaa holatidagi suratlarimizni qo‘ymasligimiz kitobyoqmas johilligimizni bildirmaydi.

Bizning bunday yo‘l tutishimizning bor-yo‘g‘ sababi, hayotimizning go‘zal lahzalarini hujjatlashtirishdan ko‘ra ulardan jonli bahra olishni yaxshi ko‘rganimizdir. Zero o‘zimizning hayotimiz o‘zimiz uchundir, siz uchun emas!

FAQAT ENG YAQINLARGA ULASHING

@Mr_PsixologTv