Get Mystery Box with random crypto!

#​TARBIYA • Farzandingiz tortinchoqmi demak siz uni kam qucho | Mr PsixologTv

#​TARBIYA

• Farzandingiz tortinchoqmi demak siz uni kam quchoqlab, kam o‘par ekansiz.
• Farzandingiz o‘ziga ishonmayaptimi demak siz uni shijoatlantirmas ekansiz.
• Farzandingiz boshqalarga tajovuz qilyaptimi demak siz unga qaysarlik qilar ekansiz.
• Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi demak siz unga ko‘p baqirar ekansiz.
• Farzandingiz odamovi bo‘lib qolganmi demak siz uni kam erkalaysiz ekan.
• Farzandingiz o‘g‘irlik qildimi demak siz unga narsa berishda uquvsizlik qilgansiz.
• Farzandingiz baxilmi demak siz u bilan sheriklik ishini bee’tibor qoldirgansiz.
• Farzandingiz zaifmi demak siz unga ko‘p tahdid qilar ekansiz.
• Farzandingiz doimo g‘azablanadigan bo‘lib qolganmi demak siz uni maqtamay qo‘ygansiz.
• Farzandingiz qo‘rqoqmi demak siz uni haddan ziyod ko‘p himoya qilar ekansiz.
• Farzandingiz sizga itoat qilmayaptimi demak siz ko‘p narsa talab qilib yuboryapsiz ekan.
• Farzandingiz yolg‘on gapiryaptimi demak siz uni ko‘p tergayapsiz ekan.
• Farzandingiz gapirishda no‘noqmi demak siz u bilan kam gaplashar ekansiz.
• Farzand tarbiyasida e’tiborli bo‘ling, u sizning kelajagingiz!

| Abror Muxtor Aliy

FAQAT ENG YAQINLARGA ULASHING

@Mr_PsixologTv