Get Mystery Box with random crypto!

So‘roqlarim ko‘p! Be'ozor deyishar meni ko'rganlar, So'zlarin | 𝕂𝕌ℕ𝔻𝔸𝕃𝕀𝔾𝕀𝕄📝

So‘roqlarim ko‘p!

Be'ozor deyishar meni ko'rganlar,
So'zlarin eshitib, kulib deyman ho'p.
Anchadir so'zimdan jabr chekganlar,
Dillarni ranjitgan xatolarim ko'p.

Chaqirganda ho'p deb bormasdan,
Yoki bilib turib yoki bilmasdan.
Vada berib, vafo qilmasdan,
Kimnidir aldagan yolg'onlarim ko'p.

Kimlarga ishonib aldanib qoldim,
Taqdir sinovidan zo'r saboq oldim.
Indamay barini ollohga soldim,
Do'stim deb ishongan dushmanlarim ko'p.

Goh o'ylab chiqaman uxlamay tunlar,
Meni kutar ekan yana qay kunlar.
Hayotim davomi baxtmi yo dardlar,
Ko'rgan kunlarimdan ko'rmaganim ko'p.

Ikkala och ko'zim davlatga to'ymay,
Mol dunyo ortidan yugirdim tinmay.
Do'stlarni onamning qadrini bilmay,
Boshni toshga urgan afsuslarim ko'p.

Dilimda yangilanar har on, bir yara,
Vijdonim hech tinchlik bermaydi sira.
Bilmay qilgan aybimdan ko'ra,
Bilib qilgan gunohlarim ko'p.

Bu dunyo jumboqdir yechilmaydigan,
O'limchi mehmondir kutilmaydigan.
U dunyo bu dunyo ushalmaydigan,
Qalbimda yashirgan orzularim ko'p.

Eng yomon bandasi bo'lganim uchun,
Uzurlar so'rayman yig'layman be'un.
Bariga javobim berarman bir kun,
Allohim oldida so'roqlarim ko'p.