Get Mystery Box with random crypto!

Meni tushuning ustoz, Itoatdaman xolos, Momolarimdan meros, Bo | 𝕂𝕌ℕ𝔻𝔸𝕃𝕀𝔾𝕀𝕄📝

Meni tushuning ustoz,
Itoatdaman xolos,
Momolarimdan meros,
Boshimdagi ro‘molim.

Siz cho‘chimang yeb qo‘ymas,
Yoki sehrlab qo‘ymas,
Oddiy mato bombamas,
Boshimdagi ro‘molim.

Saqlar meni gunohdan,
Turli shahvat nigohdan,
Qiyomatda do‘zaxdan,
Boshimdagi ro‘molim.

Yech deb gunohga botmang,
Har kimga meni sotmang,
Iltimos, yulib tortmang,
Boshimdagi ro‘molim.

Forma deb jar solursiz,
Do‘ppi deb bosh olursiz,
Biling, o‘lsam olursiz,
Boshimdagi ro‘molim.

Shaytonni tutib ulfat,
Tuzgaysiz turli tuhmat,
G‘aribligimga hujjat,
Boshimdagi ro‘molim.

Dersiz, qalb bo‘lsin toza,
Bu ro‘moling bemaza,
Urarsiz faqat aza,
Boshimdagi ro‘molim.

Sizdagi dinga nafrat,
Kofir qilar xijolat,
Sizlarga degum “tabbat”,
Boshimdagi ro‘molim.

Bir kun siz ham o‘lgaysiz,
Yuzi qaro bo‘lgaysiz,
Hujjat bo‘lur, ko‘rgaysiz,
Boshimdagi ro‘molim.