Get Mystery Box with random crypto!

Robbim, Qolib borar bardoshim kuchdan, So‘nib borayapti kundan | 𝕂𝕌ℕ𝔻𝔸𝕃𝕀𝔾𝕀𝕄📝

Robbim,
Qolib borar bardoshim kuchdan,
So‘nib borayapti kundan-kun shashtim.
Toshib kelaverar nimadir ichdan,
Yaxshilar ichida yomon adashdim.

Bir men nodon bo‘lib kelgan olamga,
Yursa, qadamidan yog‘ilar xato.
Goh o‘zini tenglab yaxshi odamga,
Donolikni da’vo qilguvchi hatto.

Soatlar umrimdan o‘g‘irlashib vaqt,
Shu xato umrimni yo‘yadi tushga.
Gunohlarim tayin, jazoyim ham naqd,
Singib borayapman asta o‘tmishga...

Muqaddamxon Saidrasulova