Get Mystery Box with random crypto!

#sizda_bori_kimlargadir_orzu Sen yig‘lama... Bekatda bir ke | 𝕂𝕌ℕ𝔻𝔸𝕃𝕀𝔾𝕀𝕄📝

#sizda_bori_kimlargadir_orzu

Sen yig‘lama...

Bekatda bir kelinchak ikki bolasini qo‘liga tutgancha yig‘lab o‘tirardi. Men bunga e’tiborsiz bo‘lishni uddalay olmadim. 
– Tinchlikmi singlim, balki yordamim kerakdir, – dedim sekingina yoniga o‘tirib.
– Xo‘jayinim, dugonamning o‘g‘il to‘yiga borib, kech qaytganim uchun uydan xaydab yubordilar. Yetti yil deganda atiga birinchi marta o‘rtoqlarimning to‘yiga borgandim.
– Qo‘ying yig‘lamang. Sizni tergaydigan, yo‘lingizga termulib turgan yaqiningiz borligiga shukur qiling.

Yig‘layotgan kelinchakka havasim keldi.Uni yuzlariga pushti gulli ro‘molchasini bosib, titrab, o‘rtanib yig‘lashiga havas qildim. Juda juda havas qildim...
Mana, tushishim lozim bo‘lgan bekat. Men ham dugonamning to‘yidan qaytyapman. Hamma sinfdosh qizlarni kuzatib, eng oxirida uyimga keldim... Xuvillab yotgan xonalar meni yeb yuboray deydi. Qani endi meni ham to‘ydan uyga tezroq qaytishimni kimdir betoqat kutsa. Seni kuta-kuta ko‘zlarim to‘rt bo‘ldi deb, izimga mushtoq bo‘lib jazavaga tushsa. Mensizlikdan betoqat bo‘lib, u yoqdan –bu yoqqa zir yugursa. Eshikdan kirib kelishim bilan qo‘limdan tutib, tashqariga sudrasa. Uydan xaydab solsa... Oyog‘iga tiz cho‘kib kechirib so‘rardim. Ko‘ksiga bosh qo‘yib najot tilardim...

Hayxotdek hovliga sig‘may qoldim. Boshimga tug‘ilgan kunimda Siz sovg‘a qilgan pushti gulli ro‘molimni ilib, yana qabriston tomon yo‘l oldim. Taftidan nafasingizni isi sezilib turgan bir uyum tuproqqa boshimni qo‘yib, qabringiz ustida telbalarcha bo‘zladim:

Umr o‘tib borar, uyg‘oning begim,
Bizni ne kuylarga soldi bu taqdir.
Sizsiz shamollarda sovrildim so‘ldim,
Sizni sog‘inmoqqa haqqim bor axir.

Ming yil ismingizni osib yurakka,
Darbadar yashayman yolg‘izman, yakka.

Umr o‘tib borar, uyg‘oning begim.