Get Mystery Box with random crypto!

Beshik quchib allalar aytgan, Har tuqqanda o‘limdan qaytgan, G | 𝕂𝕌ℕ𝔻𝔸𝕃𝕀𝔾𝕀𝕄📝

Beshik quchib allalar aytgan,
Har tuqqanda o‘limdan qaytgan,
Gul iforli nozik gulbadan,
Sen dunyoga keraksan AYOL!

Sen bo‘lmasang, erkaklar xarob,
Orzu, umid, ertaklar sarob,
Mayli ba’zan bersang ham azob,
Sen dunyoga keraksan AYOL!

Qorasanmi yoki oq, sariq,
Semizsanmi yo o‘rta, oriq,
Bo‘lsin mayli tovoning yoriq,
Sen dunyoga keraksan AYOL!

Har bir millat yashnashi uchun,
Qo‘rqmay qadam tashlashi uchun,
Har zamonda, har kecha, har kun,
Sen dunyoga keraksan AYOL!

Sen quyoshsan mehrga to‘lgan,
Sen bir gulsan qarovsiz so‘lgan,
Opa, singil, ona, qiz bo‘lgan,
Sen dunyoga keraksan AYOL!

Sahrodayu chaman bog‘da ham,
Yaxshi kunda, yurak dog‘da ham,
Sochingga oq tushgan chog‘da ham,
Sen dunyoga keraksan AYOL!

Ayollar baxtimizga bor bo‘lishsin!