Get Mystery Box with random crypto!

Lablardan terilar dur kabi tilak, Dil mohi taratgan nur ka | BEG’UBOR QALB🕊

Lablardan terilar dur kabi tilak,
Dil mohi taratgan nur kabi tilak.
“Qabul et!” deb turar har bitta malak,
Moʻmin suyangan togʻ Hayit muborak...!

Assalomu alaykum, qalbi iymon nuriga, saodat, adolat nafasiga burkangan qadrdonim!

Keyingi Qurbon hayitlarini ominlikda muborak haj safarlarini ado etgan holda, masjidlarimiz namozhonlarga toʻlgan holda, qurbonliklarni bemalol amalga oshirgan holda, bir-birlarimiz bilan diydorlashib, ziyorat qilgan holda oʻtkazishni Mehribon Ulugʻ Zotdan duo qilib soʻrayman!
Barcha musulmonlarga mustahkam iymon, koʻtarinki ruhiyat, kuchli umid, mukammal shukr va goʻzal sabr tilayman.
Oʻtganlarimizni Alloh rahmat aylasin! Bemorlarimizga shifoyi komil bersin! Barchamizni bir-birlarimizga nisbatan mehribon qilib, oralarimizda mehr va muhabbatga asoslangan rishtalarni bardavom aylasin!

Qurbon hayiti barchamizga muborak boʻlsin! Qalbimizni hamisha iymon, saodat, muhabbat nurlari bezab tursin.

Mohinur Saidova Jonpo'latovna

@moychechak_ifori