Get Mystery Box with random crypto!

Bugun bir o'quvchi qizim kursdosh yigitlarini bayram bilan zo' | MoychechagiM_Sh

Bugun bir o'quvchi qizim kursdosh yigitlarini bayram bilan zo'r tabrikladi:

"Sizlarni bayraminglar bilan tabriklayman. Garchi Vatanga bir tiyinli xizmat qilib foyda keltirmagan bo'lsangiz ham. Asli sizlarni foydangiz tegishi shartmas, zarar bermasangiz bo'ldi!"

Yomon tabrik-a? Bayramga yarashmadimi?

Menga esa yoqdi.

Hurmatli erkaklar, nafaqat Vatanga, balki hech kimga foyda keltirmasangiz ham zarar bermang: ayolingizni urmang, bolangizni so'kmang, ichib olib mashina haydamang, nomahramga qaramang... mayli sag'irlarga ehson qilmang, hech yo'q oilangizni ta'minlab qo'ying.

Ahlingizni seving...
Sir-salobatingizni yo'qotmang.

Bayramingiz bilan Himoyachilar!

@MoychechagiM_Sh