Get Mystery Box with random crypto!

​​QORA TUYNUK | YULDUZLAR O‘LIMI Ko‘pchiligimiz qora tuynuk d | Moviy.Uz

​​QORA TUYNUK | YULDUZLAR O‘LIMI

Ko‘pchiligimiz qora tuynuk deb atalgan jismga qiziqsak kerak.
Xo‘sh, qora tuynuk o‘zi nima?
U qanday hosil bo‘ladi?
Qora tuynuk xavfi bormi?

Qora tuynuk yulduzlar to‘qnashishidan yoki so‘ngan yulduzdan hosil bo‘luvchi kosmik hodisa. Aynan qanday?

Biz bilamizki, koinotda quyoshdan juda katta bo‘lgan yulduzlar mavjud. Aynan shunday yulduzlar, ya'ni quyoshdan 10-20 marta katta bo'lgan yulduzlar so‘nib kichik joyga jamlanadi va uning yadrosi quyosh massasidan 3 baravar katta bo‘lgan holatda qora tuynuk hosil bo‘ladi. Qora tuynuk hatto yorug'likni ham tortish kuchiga ega bo‘lib, yaqiniga yo‘lagan har qanday materiyani akkretsiya jarayoni orqali parchalab tashlashi mumkin. O‘ziga tortilgan materiya esa tezlashganda qizib, o‘zidan rentgen nurlarini chiqarib yuboradi.

Qora tuynuk yorug'lik tarqatmaganligi uchun uni aniqlash bir muncha qiyin, lekin olimlar uni boshqa jismlarni tortishi orqali hosil bo‘lgan hodisalar tufayli aniqlashga erishishadilar. Qora tuynuk yaqiniga yo‘lagan har qanday jismni yuta oladi va parchalab tashlashga qodir. Masalan: Yulduzlar, sayyoralar, kosmik kemalar va hokazo.

Moviy.Uz

Ma'lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, yaqinlaringizga ham ulashing va bu orqali siz kanalimiz rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz !
Obuna bo‘lishni unutmang !