Get Mystery Box with random crypto!

​​INSON MIYASI QANCHA SIG'IMGA EGA ? Hozirgi kunda biz zamona | Moviy.Uz

​​INSON MIYASI QANCHA SIG'IMGA EGA ?

Hozirgi kunda biz zamonaviy texnologiyalar davrida yashamoqdamiz va hammamiz "gigabayt", "megabayt" degan atamalarni tushunamiz. Masalan, qo‘limizdagi smartfonlarning ham xortirasi (64gb, 128gb, 256gb va hokazo). Men bekorga bu haqida aytib o‘tmadim, inson miyasini ham qancha baytlarga teng ekanligini ko'rsatib bermoqchiman.

Inson miyasining hajmini qancha ekanligini bilish juda murakkab topshiriq hisoblanadi, lekin tadqiqotlarga ko'ra, o'rtacha katta yoshdagi odamning miya yarim korteksida 125 trillion sinapslar borligi aniqlangan. Xo'sh, sinaps nima ?

Sinaps
Inson miyasida 100 milliard neyron mavjud bo'lib, ular ma'lumotlarni qayta ishlovchi va uzatuvchi hujayralar hisoblanadi. Sinapslar esa uzatilgan ma'lumotlarni tashuvchi neyronlarga o'tkazuvchi bir vosita, ya'ni ko'prik desa ham bo'ladi. 1 sinaps 4.7 bit ma'lumot saqlash xususiyatiga ega. Bunday ko'rinadiki, inson miya yarim korteksi 74 TB (terabayt) dan ortiq hajmga ega.

2010-yil olib borilgan izlanishlar ko'ra, o'rtacha katta odamning miya hajmi 2.5 million GB (gigabayt) ga teng ekanligi taxmin qilinadi. Umuman olganda, bu 2.5 petabaytga teng.

Shunday qilib, inson miyasi haqiqiy bir mo'jiza bo‘lib, hali ko'pchiligimiz tasavvur qilmagan imkoniyatlarga ega.

Moviy.Uz

Ma'lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, yaqinlaringizga ham ulashing va bu orqali siz kanalimiz rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shgan bo'lasiz !
Obuna bo'lishni unutmang !