Get Mystery Box with random crypto!

Shukr qilishning foydasi Yoshligimda futbol o'ynash uchun oyo | Motivatsiya olami

Shukr qilishning foydasi

Yoshligimda futbol o'ynash uchun oyoq kiyimim yo'qligidan siqilib yig'lagandim.
Keyinchalik esa oyoqlari yo'q insonni uchratdim...
Zayniddin Zidan

Bugungacha bo’lgan davrni bir tahlil qilib ko’rsak, hammamiz hozirgi holatimizni qachonlardir orzu qilganmiz. Yaratgandan sidqidildan nimaiki so’ragan bo’lsak, o’shani olganmiz.

Maqsadlarga erisha turib, shunchaki avvalgi holatimizni unuta boramiz, ALLOH Taolo bizga berayotgan narsalarga e’tiborsizlik qilib, yanada yangi narsalarga harisligimiz oshgani oshgan.

Bir lahzaga to’xtang. Qarzlaringiz, kasalliklar, muammo-yu dilxiraliklarni barchasini bir chekkaga qo’yib, yolg’iz qoling. Ko’zlaringizni yuming. Chuqur nafas oling. Tafakkur qiling. Sizga berilgan ne’matlarni sanab boshlang. Har bittasini e’tirof qilib ROBBingiz bilan gaplashing. Shukr qiling.

Bu ne’matlardan hali 10 tasini sanab ulgurmasingizdan qalbingiz taskin topib, ich-ichingizdan xursand bo’lasiz.
Tushunib yetasizki, hozirgi holatingizda bo’lib qolishni istaydigan millionlab insonlar bor bu dunyoda. Ehtimol ko’zlaringiz namlanar.

Natijada o’zingizga va Yaratganga bo’lgan ishonchingiz oshadi. Katta quvvatni kashf etasiz.

@Motivatsiya_olamiHD - Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!