Get Mystery Box with random crypto!

MohirDev.uz

Telegram kanalining logotibi mohirdev — MohirDev.uz M
Telegram kanalining logotibi mohirdev — MohirDev.uz
Kanal manzili: @mohirdev
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.90K
Kanalning ta’rifi

MohirDev.uz onlayn ta'lim platformasining rasmiy telegram kanali
Bog'lanish: 998781131310 | @mohirdev_jbot
Sun'iy intellekt, dasturlash, dizayn, marketing, robototexnika bo'yicha onlayn kurslar taklif qilamiz
Ro'yxatdan o'tish: https://bit.ly/3Df2QKu

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2022-08-15 14:03:01 MohirDev.uz pinned a video
11:03
Ochish/sharhlash
2022-08-15 13:54:59
.NET dasturchisi bo'ling

Kurs davomida siz xalqaro maydonda katta obro'ga ega bo'lgan, juda tez sur'atda o'sib takomillashib borayotgan, C# dasturlash tilini o'rganasiz.

Kurs yakunida Toshkent shahriga kelgan mehmonlarga shinam xonadon topadigan “Sheenam” deb nomlangan loyihaga bag’ishlangan 9 soatlik video darslar davomida, g’oyadan birinchi dastur funksiyanaligacha yozishni o’rganasiz.

Kurs haqida qisqacha:

100 ga yaqin videodarslar
3 ta loyiha qilish imkoniyati
Har bir modulda dars topshiriqlari
O’qituvchi bilan Zoom uchrashuvlar
Kursni boshlash uchun boshlang’ich bilim talab qilinmaydi

Darslar 3 yildan ortiq tajribaga ega, hozirda xalqaro Exadel va Piorsoft kompaniyalarida .NET dasturchi sifatida faoliyat olib borayotgan Elbek Normurodov tomonidan o'tiladi.

Kursni xarid qilish: mohirdev.uz/net

Konsultatsiya olish

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
6.2K viewsedited  10:54
Ochish/sharhlash
2022-08-14 12:48:14
Sun'iy Intellekt rivojlansa, ishsizlik ko'payadimi?

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
5.8K views09:48
Ochish/sharhlash
2022-08-13 14:13:20
Ishga kirish bo'yicha mif: Agar ish beruvchi yozgan barcha talablarga 100% to'g'ri kelmasangiz, ishga topshirmasligingiz kerak.

Kompaniyalar 100% ishga to'g'ri kelmaydigan odamlarni ishga olib kelishadi.

Ba'zan kompaniyalarning o'zlari aniq kimni qidirayotganligini bilmaydi. Ba'zan esa ish talablari moslashuvchan bo'ladi. Undan tashqari, dasturlash haqida yetarlicha bilmaydigan HR ish bo'yicha talablarni yozgan bo'lishi ham mumkin.

Agar siz junior bo'lsangiz, middle pozitsiyasiga topshirib ko'ring va sizda bu pozitsiyada ishlash uchun yetarlicha bilim va ko'nikma borligini aniqlashni kompaniyani o'ziga qoldiring.

Ammo realist bo'ling. 6 oylik tajribaga ega bo'lib turib, lead pozitsiyasiga topshirish yaxshi fikr emas.

Muallif: Jahongir Rahmonov (ingliz tilidan tarjima qilindi | Orginal post)

Telegram | Instagram | Youtube
5.9K views11:13
Ochish/sharhlash
2022-08-12 14:24:16 MohirDev.uz pinned «Juda ko’pchilikdan keladigan savollar shunga o’xshash: “Hozir C ni o’rganayapman, lekin bu tildan ko’nglim to’lmayapti. Uning o’rniga C# yoki C++ ni o’rganishim kerakmi ?” Men bilmayman. Bu sizning nima xohlayotganingizga bog’liq. Tasavvur qiling, siz doktor…»
11:24
Ochish/sharhlash
2022-07-14 19:09:30 ​​Yaxshi dasturchi bo'lish uchun dasturlashni bilish kamlik qiladi. Quyidagi ko'nikmalarni o'zingizda shakllantiring va kasbiy xotirjamlikka erishing.

Yumshoq ko’nikmalar (soft skills) sizni odatdagidan yaxshiroq ishchi, xodim, hamkasb va umuman, yaxshiroq inson qiladi.

Texnik ko’nikmalaringiz (technical skills) sizni intervyugacha olib boradi. Sizning yumshoq ko’nikmalaringiz (soft skills) esa ishga olinishingizga sabab bo’ladi.

Texnik bo‘lmagan ko’nikmalar ham deb aytiluvchi yumshoq ko’nikmalar orzuyingizdagi ishingizga joylashishda sizga yordam beradi. Bundan tashqari, u sizga karyerangiz davomida o’sishingizga ham imkon yaratadi (maosh oshirishi, yangi mansab, yangi imkoniyatlar va hokozo…).

Texnik ko’nikmalaringiz – kod yozishmi, mashina o’rganishi bo’yicha modellarni yaratishmi yoki zo’r dizaynlarni yaratish bo’lsin, bular ishga kirish uchun yetarli bo’lmaydi.

Va buning aksi: faqatgina yumshoq ko’nikmalar (soft skills)ning o’ziga ega bo’lish ham yetarli emas.

Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/soft-skills/

Muallif: Andrei Neagoie

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
2.1K views16:09
Ochish/sharhlash
2022-07-09 04:34:26
Barchangizga Qurbon Hayiti muborak bo’lsin!
5.4K views01:34
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:06:51
Tanishing, Diyorbek. Ataylab Koreadan meni ko'rgani kelibdi.

Hayotini eshitib, siz bilan ulashgim keldi. Koreaga Turizm sohasida oʻqish uchun borgan va koʻpchilik kabi oʻqishni tashlab ishlashga chiqib ketgan.

Orada IT da oʻqiyotgan talaba bilan koʻrishib, dasturlashga qiziqib qolgan YouTubeda "Dasturlash Asoslari" darsimni koʻrib boshlagan. Keyin "Mukammal bot" darsini xarid qilgan.

Shu bilan dasturlashga qiziqib ketib, ishlaridan voz kechib oʻqishga jiddiy kirishibdi. Yoʻnalishini "Sunʼiy intellekt"ga oʻzgartirib, hozir 2-kursda tahsil olayotgan ekan.

Malayziyaga kelishi ham ajoyib boʻlgan. "Telegram bot" kursini koʻrib, @halalbread_bot yasagan. Bu bot chet eldagi musulmonlarga Halol restoran va doʻkonlarni topib beradi.

Shu bot bilan Koreadagi talabalar oʻrtasidagi tanlovda gʻolib boʻlgan va Singapurga sayohat qilish imkoniyatini qoʻlga kiritgan. Yoʻl-yoʻlakay ataylab meni koʻrgani kelibdi.

Diyorbekning hikoyasini eshitib hursand boʻldim, taʼsirlandim. Motivasiya boʻlsin deb sizlar bilan ulashdim.
4.4K views10:06
Ochish/sharhlash
2022-07-05 16:56:39
Ajoyib yangilik

Mohirdev ta'lim platformasida Web Design praktikum kursiga start berildi

Hozirda ko'plab bizneslar, loyihalar onlaynlashib ketgani bois, ko'plab onlayn platformalar, do'konlarlar yaratilmoqda. Bular yaratilayotgani jarayonida web dizaynerning o'rni katta hisoblanadi.

Ushbu praktikum kursda Adobe XD, Figma dasturlari bilan ishlash o'rgatilgan va veb dizayn tushunchalari ham amaliy va nazariy ko'rinishda ko'rsatilgan.

Darslarni siz 6 yillik tajribaga ega, hozirda Socially Design Agency asoschisi va Art direktori Ismoil Safarovdan o'rganasiz.

Kurs o'z ichiga nimalarni oladi?

3 ta modulga kirish imkoniyati (+1 bonus modul)
100dan ortiq kerakli resurslar
150dan ortiq video dars
Test topshiriqlari
Yopiq telegram guruh

Web design praktikum kursi orqali nimalarga erishasiz?

Ishga topshirish uchun sizda portfolio bo'ladi;
Kreativ fiklash qobiliyatingiz oshadi;
Kompaniya uchun tayyor kadr bo'lib chiqasiz;

Kursning umumiy narxi: 2 mln so'm

Kursdan ro'yxatdan o'tish va sotib olish

Telegram | Instagram | Youtube
6.1K views13:56
Ochish/sharhlash
2022-07-04 16:42:32 @mohirdev_bot da uzilishlar kuzatilgani tufayli oxirgi yuborilgan xabarlar bizga yetib kelmagan.

Oxirgi 2 kun ichida biror masalada botga yozgan bo'lsangiz, qaytadan /start tugmasini bosib, yozishingizni so'raymiz.

Mohirdev jamoasi

Telegram | Instagram | Youtube
6.7K viewsedited  13:42
Ochish/sharhlash