Get Mystery Box with random crypto!

Ishga kirish bo'yicha mif: Agar ish beruvchi yozgan barcha tal | MohirDev.uz

Ishga kirish bo'yicha mif: Agar ish beruvchi yozgan barcha talablarga 100% to'g'ri kelmasangiz, ishga topshirmasligingiz kerak.

Kompaniyalar 100% ishga to'g'ri kelmaydigan odamlarni ishga olib kelishadi.

Ba'zan kompaniyalarning o'zlari aniq kimni qidirayotganligini bilmaydi. Ba'zan esa ish talablari moslashuvchan bo'ladi. Undan tashqari, dasturlash haqida yetarlicha bilmaydigan HR ish bo'yicha talablarni yozgan bo'lishi ham mumkin.

Agar siz junior bo'lsangiz, middle pozitsiyasiga topshirib ko'ring va sizda bu pozitsiyada ishlash uchun yetarlicha bilim va ko'nikma borligini aniqlashni kompaniyani o'ziga qoldiring.

Ammo realist bo'ling. 6 oylik tajribaga ega bo'lib turib, lead pozitsiyasiga topshirish yaxshi fikr emas.

Muallif: Jahongir Rahmonov (ingliz tilidan tarjima qilindi | Orginal post)

Telegram | Instagram | Youtube