Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim dargohi ochilsa kamina o'zini juda baxtiyor his qiladi. | Muhammad Amin Naziraliyev

Ta'lim dargohi ochilsa kamina o'zini juda baxtiyor his qiladi. Va ochilish marosimiga vaqt ajratishga harakat qilaman.

Kuni kecha o'zini universitetga o'quvchi tayyorlashi bilan mashhur bo'lgan "Registon" o'quv markazi Farg'ona shahrida o'z faoliyatini boshladi. O'quv markazning 16-filiali ekan. Qoil.

Qanday o'qitadi, tizimi qanday, o'quv rejalari va chiqarayotgan keng ko'lamli kitoblari bilan tanishib ushbu o'quv markazga yanada hurmatim oshdi.

Farg'ona shahardagi boshqa o'quv markazlarga hurmat saqlagan holda aytamanki, bunday o'quv markazlari bizni Farg'onada juda ko'p filiallarini ochishi tarafdoriman. Sababi raqobat oshib sifat yuqorilaydi. Ozgina o'quvchiga nisbatan xizmat ko'rsatish va o'qitish o'sadi. Shuning uchun.

Registon o'quv markaziga omad va zafarlar tilab qolaman.

ps: Birinchi rasmdagi Avaz aka. Registon o'quv markazi asoschisi.

@mnshuz