Get Mystery Box with random crypto!

#Eslatma Ayol kishi nomahram erkak bilan gaplashishiga to'g'r | Muhammad's blog

#Eslatma

Ayol kishi nomahram erkak bilan gaplashishiga to'g'ri kelib qolsa, odob-axloq doirasida, ayollik latofatini ishga solmay, mayinlik, muloyimlikdan qochib – oddiy tarzda so'zlashi va faqat kerakli gaplarni aytishi kerak. Xushmuomala bo'laman deb begona erkakka shirin gapirmaydi. Agar shunday qilsa, erkakning xayoli buzilishi, ayolga nisbatan mayli uyg'onishi mumkin. Shuning uchun #ayollar bu narsaga hatto qaynog'a, qaynukalar bilan gaplashganda ham juda e'tiborli bo'lishi lozim. O'z o'rnida #erkaklar ham ayollarga turli hazillar, keraksiz so'zlar aytmasligi, ularni erkalatib gapirmasligi kerak. Shuningdek, internetdagi yozishmalar ham ayni shu hukmdadir: nomahramlar bilan zaruratan yozishganda kayfiyatni izhor qiluvchi turli belgilarni ishlatishdan ham tiyiling – oddiy holda, zaruriy gaplarni yozing.

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida