Get Mystery Box with random crypto!

Lekin eplab turkchalab bir-ikki kalima gapirdim. Ichimizdagini | Medical Leaders' Club (Official)

Lekin eplab turkchalab bir-ikki kalima gapirdim. Ichimizdagini anglatadigan darajada.

Keyin 5 daqiqalar chamasi u zotning nasihatlarini jon qulog'imiz bilan tingladik. Atrof jim-jit, biz u kishining ovozidan boshqa hech nimani eshitmayotgan, u kishidan boshqani ko'rmayotgan, sezmayotgan edik, ya'ni karaxt edik.

Suhbatlari oxirida duolarini ham olish nasib qildi Allohga shukur.

Ular ketishdi. Biz qoldik. Jamoamiz bilan yana uzun-uzun suhbat qildik. Suhbatimiz boshqacha fayzli bo'ldi. Bu yo'lga - Tibosferaga nega kirganimiz, qanday xizmatlarni maqsad qilganimiz, nimalar qilishimiz kerakligi, bu xizmatlar uchun biz o'zimiz qanday sifatlarga ega bo'lishimiz, qanday illatlardan qutulishimiz kerakligi haqida suhbatlashdik. Tibosferaning asl mohiyati haqida hech kimga, hech qayerda aytmaganlarimni aytib oldim bahonada .

Boshqacha odamlar, boshqacha muhit, boshqacha so'zlar, yuraklarimizga hayajon to'lgan... Takrorlanmas lahzalar edi.

Ziyoratimizning asl mag'zi, qaymog'i, eng totli nuqtasi ayni shu joyda - ulug' olim Abu Hafs Kabir maqbaralari yonida bo'lib o'tdi.

Ziyoratning 3-kuni biz o'ylaganimizdan ko'ra manfaatli, hayajonli, taassurotlarga boy bo'ldi. Allohga shukr.

@elyorbek_turaboyev