Get Mystery Box with random crypto!

ZIYORATIMIZ TAASSUROTLARI (1-qism) Kuni kecha 'Tibosfera' va | Medical Leaders' Club (Official)

ZIYORATIMIZ TAASSUROTLARI (1-qism)

Kuni kecha "Tibosfera" va "MLC" jamoasi birgalikda uzoq kutilgan va rejalashtirilgan ziyoratga otlandik.

Dastlab Toshkent, keyin esa Samarqand va Buxoroga bordik.

Maqsadlari mushtarak, o'xshash qadriyatli, ilmga va olimlarga muhabbatli jamoa bilan ziyoratimiz yana ham fayzli bo'ldi. Bir-birimizga muhabbatimiz ortdi. Yanada yaqinlashdik, miriqib iymonlashdik. Uzoq yo'limiz ham suhbatlarimiz uchun kamlik qildi nazarimda.

Toshkentda ziyoratimizni shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qabrlaridan boshladik. Alixonto'ra Sog'uniy hazrat, shayx Zayniddin bobo, shayx Ahmad Muhammad Tursun, shayx Alouddin Mansur, Tohir Malik qabrlarini ham biryo'la ziyorat qildik.

Ziyorat davomida u zotlar, ularning xizmatlari, yashagan davrlari haqida uzoq suhbat qildik. Ziyoratimizning boshidanoq qalblarimiz sakinatga burkandi. Bir qalb, bir yurakka aylandik. Aqlimiz va shuurimiz oydinlashdi.

Keyin esa ustozimiz Doniyor Nasriddinovning ziyoratlarida bo'ldik. Ustozning nasihatlari va duolari bilan qalblarimiz yumshab, ko'zlarimiz namlandi. Menimcha u suhbatning xushta'mi umrimiz oxirigacha og'zimizda qolsa kerak. Ustoz ham jamoamizni ko'rib o'zgacha to'lqinlandilar. Shundan bo'lsa kerak juda uzoq va dildan nasihat qildilar.

Undan so'ng Xazrati Imom majmuasida bo'ldik. Kaffol Shoshiy, eshoni Boboxon va ularning avlodlarini ziyorat qildik. Bu yerda ham tariximiz, uning yolg'on va haqiqatlari haqida uzoq suhbat qildik.

Uyerdan shayx Hovand Tohur ziyoratlariga, Hoja Ahror Valiy masjidi va Ko'kaldosh madrasalariga bordik.

Bu ziyoratgohlarda ham nomi kelgan ulug'lar hayoti, ummat uchun qilgan xizmatlari haqida uzoq-uzoq suhbatlar qildik.

Shu bilan Toshkentga qilgan safarimiz nihoyalab Samarqand sari yo'lga tushdik.

Ziyoratning birinchi kuni o'ylaganimizdan ko'ra qiziqarli va taassurotlarga boy bo'ldi. Safarimiz kutilmagan voqealarsiz o'tmadi tabiiyki .

Bunday qiziq voqealarni ularning tilidan eshitasiz. Biz yozsak u holatni to'liq ochib bera olmasligimiz mumkin .

@elyorbek_turaboyev