Get Mystery Box with random crypto!

Misbah nashriyoti

Telegram kanalining logotibi misbahkitoblar — Misbah nashriyoti M
Telegram kanalining logotibi misbahkitoblar — Misbah nashriyoti
Kanal manzili: @misbahkitoblar
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.27K
Kanalning ta’rifi

«Misbah» nashriyotining rasmiy telegram sahifasi.
T.me/MisbahKitoblar
Facebook.com/MisbahKitoblar
Instagram.com/MisbahKitoblar
Murojaat uchun:
@Misbahkitoblar_admin | 944895060
@Misbahkitoblar_adminbot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-06-27 18:15:33
Junayd Suavi. Borliqni anglatgan jumboqlar.

Topishmoqlarning javobini bilish orqali tafakkur qilishga undaydigan, Yaratganning ne’matlari ichra koʻmilib yashayotganligimizni tasavvur qilish orqali anglashga yordam beradigan ushbu kitobimiz allaqachon sotuvda.

Farzand tarbiyasida bu kabi qiziqtirish orqali yangi bilimlarni oʻrgatish ham zavqli, ham oson hisoblanadi.

11 ta topishmoq va ularning javoblaridan iborat boʻlgan “Borliqni anglatgan jumboqlar” kitobi muallifning tili bilan aytganda, Allohni tanishingizga va dunyoga boshqacha nigoh bilan qarashingizga koʻmaklashadi.

Bu kitobdan tashqari, farzand tarbiyasiga oid Adem Guneshning “Yosh bola demang ularni…” va “Mahramiyat tarbiyasi” asarlarini ham tarjima qilganimizdan xabaringiz bor-a? Siz qaysilarini mutolaa qilishga ulgurdingiz, taassurotlaringiz bilan boʻlishishni unutmang.

Telegram | Instagram
2.7K views15:15
Ochish/sharhlash
2022-06-23 18:39:35
Amina Shenlikoʻgʻli. Yolvoraman, xiyonat qilma!

Asar sarlavhasi va rasmlarni koʻra turib, tezda xulosa qilishga shoshilmang!

Turfa xil taqdirlar kesishgan, mutolaa davomida taxmin qilib, topilmaydigan yakunlarga toʻla boʻlgan “Yolvoraman, xiyonat qilma!” kitobi siz kutgandek asar boʻlmasligi mumkin.

Balogʻatga yetgan, oila qurish ostonasida turgan, qishloq hayotida yashaydigan yigit-qizlarning ich-ichidan ishonganlari kimlar yoki nimalar edi? Turkiya-Germaniya yoshlari hayotining aslini koʻrgan asar qahramoni qay yoʻlni tutdi?

Aro yoʻlda qolib, qalbingizda hech kimdan soʻrolmaydigan savollaringiz bormi? Ushbu kitob hayotiy voqealarga asoslangani orqali har birimizga eslatma oʻlaroq xizmat qiladi, degan umiddamiz!

Darvoqe, bugunga qadar Amina Shenlikoʻgʻli qalamiga mansub tarjima qilgan kitoblarimiz 3 taga yetdi.

1. Johiliston kelini.
2. Dor ostidagi odam.
3. Yolvoraman, xiyonat qilma!

Siz qaysilarini oʻqigansiz? Asar yoqqanmi? Fikrlaringizni boshqalar bilan ham boʻlishing!

Telegram | Instagram
6.2K views15:39
Ochish/sharhlash
2022-06-21 17:45:49
Ey oʻgʻil, oʻzingdek boʻl…

Bilol Kemikli qalamiga mansub ushbu asar muallif tomonidan farzandiga oʻgit-nasihat usulida yozilgan boʻlib, barcha otalardan oʻgʻillarga atalgan risola desak ham hech mubolagʻa boʻlmaydi.

Ushbu asar hammamizning kitob javonimizdan oʻz oʻrnini egallashi kerak boʻlganlardan biri hisoblanadi.

Har qachon nasihatga, maslahatga ehtiyoj sezgan zahotingiz albatta, ushbu kitobga murojaat qilishingiz zarurdir.

Nafaqat yigitlarga, balki barchaga birdek manzur boʻladigan, sodda, ortiqcha qochirimlarsiz joʻn tilda bitilganligi bilan ham ajralib turadi.

Inson yashar ekan, har kimda yaqinlaridan, ba’zida ota-onasidan ham soʻrolmaydigan savollar paydo boʻla boshlaydi. Shu kabi holatlarda ham aynan ushbu kitobga yuzlanishingiz, ichki soʻroqlaringizga javob olishingiz mumkin boʻladi.

“Ey oʻgʻil, oʻzingdek boʻl…” asarida sizni eng ta’sirlantirgan oʻgit qaysi boʻldi?

Telegram | Instagram
5.4K views14:45
Ochish/sharhlash
2022-06-20 19:40:48
Tarbiya. Mahramiyat tarbiyasi. Adem Gunesh.

Azim Toshkentda kuni bilan yomg'irli havo, tund bulutlar ichra, siz kitobxonlarga qaynoqqina tandirdan uzilgan, yangi kitobimiz yoqimli sovg'a bo'ladi, deb umid qilamiz!

Tez kunda deya sizlarni uzoq kuttirmasdan, Adem Guneshning navbatdagi "Nazokat va zarofat uchun mahramiyat tarbiyasi" nomli asari sotuvga chiqqanligini mamnuniyat ila e'lon qilamiz!

Ma'lumot o'rnida, Adem Guneshning "Yosh bola demang ularni..." (Bola tarbiyalash san'ati) asari ham tarjima qilingan va o'z kitobxonlarini allaqachon topishga ulgurgan edi.

Bu galgi kitobimiz ham ayni tarbiya mavzusida yozilgan bo'lib, farzand tarbiyasida necha yoshdan boshlab qiz va o'g'il bolaga alohida yondashuv qilish kerak va bunda nimalarga e'tibor beriladi, kabi mavzularga batafsil to'xtalib o'tilgan.

Barcha kitobsevarlarga maroqli mutolaa tilaymiz!

Telegram | Instagram
4.9K views16:40
Ochish/sharhlash
2022-06-18 17:37:24
Tanlov natijasini e'lon qilamiz!

Kuni kecha e'lon qilingan tanlovimizda aksariyat obunachilarimiz kitobdan iqtibos keltirishibdi. Shartda esa, o'z fikrlarini izohda yozishlarini so'ragan holda, eng go'zal izoh egasini aniqlaymiz, degan edik.

Demak, iqtibos keltirish bilan birgalikda, asar mutolaasidan so'ng, o'z shaxsiy fikrlarini ham bildirgan, bir emas, uch nafar g'olibalarimizni e'lon qilish fursati yetdi!

1. Kitobxo'r qizaloq
2. Hadiyja Bintu Husan
3. Madina's Blog

Darvoqe, ular "Misbah" nashriyotida chop etilgan 20 ta kitobdan istalgan birini tanlash imkoniyatiga egalar.

G'olibalarimiz biz (@misbahkitoblar_admin) bilan bog'lanishlarini so'rab qolamiz.

Telegram | Instagram
5.3K views14:37
Ochish/sharhlash
2022-06-18 11:04:32 Misbah nashriyoti pinned a photo
08:04
Ochish/sharhlash
2022-06-17 16:18:04
"Garchi ishq boshlangan joyda qalam sukut saqlagusi, garchi bu mahsharda ishq ahlining ulushiga sukut tushgusi...".

Yuqoridagi misralar ila boshlangan "Oshiq ham bo'lmaylikmi?" asari allaqachon siz aziz kitobxonlarga taqdim qilinganidan xabaringiz bor.

Oramizda asarni o'qiganlar bormi? Post ostiga yozilgan eng go'zal izoh egasiga yangi nashrdagi kitobimizdan sovg'a qilishni niyat qildik.

Izohlarda fikringizni yozib qoldirishingiz uchun roppa-rosa 24 soat vaqtingiz bor. "Misbah" jamoasi ertaga shu vaqtda g'olib(a)ni e'lon qiladi! Barchaga omad tilaymiz!

Telegram | Instagram
18.4K views13:18
Ochish/sharhlash
2022-06-15 16:43:36
#tez_kunda #yangilik

Yaqin kunlar ichida sizlarni ushbu yangi kitob bilan xushnud qilish arafasidamiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram
5.7K views13:43
Ochish/sharhlash
2022-06-13 10:01:00
@misbahkitoblar — янги китоблар канали!
Instagram | Facebook | YouTube
5.6K views07:01
Ochish/sharhlash
2022-05-30 20:01:59
“Afsona”. Barbaroslar haqida roman

Vatanini himoya qilgan, uning uchun jangu-jadallarda qatnashgan qahramonlarning hammasi ham taniqli emas.

Mazkur “Afsona” romanida usmoniylar davlatining eng mashhur admirallaridan bir Xayriddin posho haqida hikoya qilinadi.

Asar qahramoni davlat hukmronligini kuchaytirish, bosqinchilarga qarshi kurashish kabi ishlarda jonbozlik ko‘rsatadi.

Musulmonlarning yana bir ulug‘ shaxsiyati haqidagi romanni o‘qishni istaysizmi? Bu borada Afsona eng yaxshi tanlovlardan biri bo‘ladi!

Narxi — 46.000 so‘m.

• Buyurtma uchun: @qamar_delivery
Tel: +998998454400

Manzil: Alisher Navoiy ko'chasi, 42-uy.

@qamarbooks
5.1K views17:01
Ochish/sharhlash