Get Mystery Box with random crypto!

Ey oʻgʻil, oʻzingdek boʻl… Bilol Kemikli qalamiga mansub ushb | Misbah nashriyoti

Ey oʻgʻil, oʻzingdek boʻl…

Bilol Kemikli qalamiga mansub ushbu asar muallif tomonidan farzandiga oʻgit-nasihat usulida yozilgan boʻlib, barcha otalardan oʻgʻillarga atalgan risola desak ham hech mubolagʻa boʻlmaydi.

Ushbu asar hammamizning kitob javonimizdan oʻz oʻrnini egallashi kerak boʻlganlardan biri hisoblanadi.

Har qachon nasihatga, maslahatga ehtiyoj sezgan zahotingiz albatta, ushbu kitobga murojaat qilishingiz zarurdir.

Nafaqat yigitlarga, balki barchaga birdek manzur boʻladigan, sodda, ortiqcha qochirimlarsiz joʻn tilda bitilganligi bilan ham ajralib turadi.

Inson yashar ekan, har kimda yaqinlaridan, ba’zida ota-onasidan ham soʻrolmaydigan savollar paydo boʻla boshlaydi. Shu kabi holatlarda ham aynan ushbu kitobga yuzlanishingiz, ichki soʻroqlaringizga javob olishingiz mumkin boʻladi.

“Ey oʻgʻil, oʻzingdek boʻl…” asarida sizni eng ta’sirlantirgan oʻgit qaysi boʻldi?

Telegram | Instagram