Get Mystery Box with random crypto!

Gulnora Karimovaga aloqador ekani aytiladigan Zeromax kompaniy | Mirodil Jalolov Миродил Жалолов

Gulnora Karimovaga aloqador ekani aytiladigan Zeromax kompaniyasi 2006–2009 yillarda lyuks toifadagi zeb-ziynatlarga kamida 38 mln dollar sarflagan. 2005–2007 yillarda kompaniya hisobotlariga “toza” deya audit xulosasini bergani Ernst & Young uchun milliard dollarga tushishi mumkin.



Kollaj: Financial Times

Shveytsariyada Ernst & Young auditorlari Zeromax kompaniyasiga “toza” deya audit xulosasini bergani bo‘yicha sud jarayonlari ketmoqda. Bu haqda Financial Times surishtiruvida so‘z boradi.

Ernst & Young – konsalting va auditorlik xizmatlari bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli “katta to‘rtlik” kompaniyalaridan biri. Kompaniyaning Shveytsariyadagi bo‘linmasi Zeromax konglomeratining 2005, 2006 va 2007 yillardagi moliyaviy hisobotlariga “toza” (clean bill of health) audit xulosasini bergan.

Biroq, FT qo‘lga kiritgan ma’lumotlar bu xulosalarni shubha ostiga olish uchun asoslar borligini ko‘rsatadi.

Xususan, millionlab dollarlik zargarlik buyumlari xaridlari va shubhali ofshor kompaniyalarga haydalgan pullar auditorlar uchun jiddiy signal bo‘la olmagani aytilmoqda.

Bankrotlikka uchragan kompaniya kreditorlari sud orqali auditorlardan yetkazilgan zararni qoplashni talab qilmoqda.

Zeromax biznes imperiyasi

Zeromax 1999 yilda AQShning Delaver shtatida ro‘yxatga olingan. Kompaniya 2005 yilda doimiy manzilini Shveytsariyaning Tsug kantoniga ko‘chirgan va buni O‘zbekistonga investitsiya kiritish maqsadi bilan izohlagan.

Darhaqiqat, o‘sha yildan boshlab Zeromax O‘zbekistonda biznes imperiyaga aylana boshlagan: konglomerat to‘qimachilikdan tortib tabiiy gaz sanoatigacha bo‘lgan o‘ndan ortiq tarmoqlarda aktivlarni qo‘lga kiritib, mamlakatdagi eng yirik ish beruvchi darajasiga chiqqan. Muayyan davrda O‘zbekiston YaIMning 10 foizgacha bo‘lgan qismi birgina shu Zeromax tizimiga to‘g‘ri kelgan.

Biznes imperiya 2010 yilda, O‘zbekistondagi oliy hokimiyat ichida yuz bergan ichki kurashlar fonida faoliyatini to‘xtatgan, mol-mulki davlat foydasiga musodara qilingan va hisob raqamlari muzlatilgandi. Xalq orasida Odilboy nomi bilan mashhur bo‘lgan Mirodil Jalolov esa o‘sha yilning sentabr oyida qamoqqa olingandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Zeromax tugatilganida uning zimmasidagi qarz 6,1 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan. 6,1 mlrd dollarlik qarz bilan tanazzulga uchrash – Shveytsariya tarixidagi ikkinchi eng yirik bankrotlik holati demakdir.

1 mlrd dollarlik da’vo

Financial Times ishga aloqador o‘nlab hujjatlar, jumladan politsiya xulosalari, korporativ bank ma’lumotnomalari, xizmat yozishmalari, kvitansiyalar va ayni paytda davom etayotgan sud jarayonlaridagi da’volar bilan tanishgan. Bu ma’lumotlardan ko‘rinishicha, Ernst & Young'ning Shveytsariyadagi bo‘linmasi Zeromax'ning 2005, 2006 va 2007 yillardagi moliyaviy hisobotlarini “toza” deya baholagan.

EY 2007 yildan keyin yana uch yil, to Zeromax 2010 yilda bankrotlikka uchragunga qadar kompaniyaning auditori bo‘lib qolgan, biroq so‘nggi uch yillik bo‘yicha audit xulosalarini chop etmagan.

Hozirda esa Zeromax kreditorlaridan biri – AQShning Lion Point Capital hedj-fondi 1 mlrd dollar zarar yetkazganlikda ayblab EY'ni sudga bergan.

Seyfdagi qimmatbaho taqinchoqlar

Foto: Getty Images

Financial Times'ga ko‘ra, Zeromax bankrotlikka uchragunga qadar bo‘lgan bir necha yil davomida qilgan ko‘plab xarajatlarini “biznesga oid chiqimlar” deyish qiyin.

Xususan, 2006 va 2007 yillarda kompaniya lyuks toifadagi zeb-ziynatlarga 13 mln dollardan ortiq pul sarflagan, shundan 2 mln dollari birgina Jyenevadagi Christian Dior do‘koniga to‘g‘ri keladi.

2008 va 2009 yillarda esa Zeromax qimmatbaho taqinchoqlarga 25 mln dollar sarflagan, shundan 6 millioni – Graff Diamonds'dagi xaridlardir.

Zeromax Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytib kelinadi, uning o‘zi esa bu iddaolarni mudom rad etgan. Biroq bu kompaniya tomonidan xarid qilingan taqinchoqlardan eng kamida bir nechtasidan Gulnora Karimova foydalanganini ko‘rsatuvchi holat bor: 2016 yilda Shveytsariya politsiyasi sud orderiga asosan Jyenevadagi Lombard Odier bankida Karimova tomonidan ijaraga olingan seyflarni tekshiradi.