Get Mystery Box with random crypto!

Seyflardan hashamdor zargarlik buyumlari topilgan, ular orasid | Mirodil Jalolov Миродил Жалолов

Seyflardan hashamdor zargarlik buyumlari topilgan, ular orasida 2,5 mln dollar turadigan Boucheron olmos uzugi ham bo‘lgan – bu uzuk uchun to‘lovni Zeromax kompaniyasi amalga oshirgan.

Financial Times tanishgan politsiya hujjatlariga ko‘ra, taqinchoqning sobiq egasi o‘z ko‘rsatmasida taqinchoqlarni Gulnora Karimovaning shaxsan o‘zi sotib olgani, xarid uchun pulni esa Zeromax'ga aloqador bank hisobraqamidan to‘lab berganini aytgan.

Ofshorga haydalgan pullar

FT maqolasiga ko‘ra, 2004–2007 yillarda Zeromax kamida 288 mln dollar mablag‘ni ofshor kompaniyalarga yo‘naltirgan. Ko‘plab holatlarda mazkur xarajatlar hujjatlarda umumiy qilib “konsalting xizmatlari” deya izohlangan.

Keyslardan biri AQSh va Shvetsiyada ochilgan jinoyat ishlarida javobgarlar qatorida bo‘lgan Takilant kompaniyasiga borib taqaladi.

Unga ko‘ra, 2006–2007 yillarda Zeromax Britaniyaning Virjiniya orollarida ro‘yxatdan o‘tgan, to‘liq o‘zining egaligidagi Galat Enterprises sho‘ba-korxonasiga 180 mln dollar o‘tkazgan. Galat Enterprises esa Gibraltarda ro‘yxatga olingan va Karimova egalik qilgan Takilant kompaniyasiga kamida 5 mln dollar yo‘naltirgan.

Zeromax, shuningdek, Merkony va Belphil Capital nomli ofshor kompaniyalarga ham kamida 2 mln dollar pul o‘tkazgan, bu ikki kompaniya esa, Shvetsiya sudi ma’lumotlariga ko‘ra, Takilant'ga 33 mln dollar yuborgan.

Financial Times'ning yozishicha, Ernst & Young auditorlari kamida bitta holatda Zeromax'ning ofshorga noodatiy pul o‘tkazmasidan xabardor bo‘lgan. 2008 yilda EY'ning yuqori lavozimdagi vakili Zeromax rahbariyatiga yo‘llagan xatida, Ystral nomli kompaniyaga 5,5 mln dollar o‘tkazilgani bo‘yicha hujjatlarda kamchiliklar borligini yozgan. Xatda mazkur pul o‘tkazmasi uchun Shveytsariya soliq organlarini qanoatlantiruvchi “biznesga oid sabab” bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan.

“Ayrim savollarimiz “nozik masalalar”ga daxldor bo‘lishi mumkinligidan xabarimiz bor. Agar yuqorida qayd etilgan masalalarni muhokama qilishni istasangiz (yuzma-yuz yoki telefon orqali), bizga xabar qiling, biz uchrashuv yoki telefon qo‘ng‘irog‘ini tashkil qilamiz”, – deya yozgan EY rasmiysi.

Zeromax rahbariyati javobida biznesga oid sababni “tushuntirishga hojat yo‘q”ligi aytiladi.

FT'ning qayd etishicha, Ernst & Young Zeromax auditori bo‘lib qolgan, biroq audit xulosasini e’lon qilmagan 2008 yilda kompaniyadagi moliyaviy noaniqliklar ko‘lami ortgan.

Nashr Ernst & Young kompaniyasining Shveytsariyadagi bo‘linmasiga izoh so‘rab murojaat qilgan.

“O‘zbekistondagi sud 2010 yilda qabul qilgan qarorlar amalda Zeromax bankrotlikka uchrashi va aktivlarining ekspropriatsiya qilinishiga olib keldi. Bu masala ayni paytda davom etayotgan sud jarayonida ko‘rib chiqilmoqda. EY'ning Shveytsariyadagi bo‘linmasi kishini ranjitadigan da’volarga qarshi o‘z pozitsiyasini mustahkam himoya qiladi. Bundan boshqa izoh bera olmaymiz”, – deyiladi auditorlik kompaniyasi munosabatida.

Ma’lumot uchun, Zeromax sobiq ijrochi direktori Mirodil Jalolov 2019 yil yanvarda DXX tergov izolyatoridan garov puli evaziga ozodlikka chiqqan edi.

O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova O‘zbekistondagi iqtisodiy jinoyatlari uchun 2015–2020 yillarda uch marta sudlangan. 2020 yil martida unga 13 yil-u 4 oy qamoq jazosi tayinlangan. Qonunchilikka muvofiq, jazo muddati 2015 yil 21 avgustdan boshlab hisoblangan.
kun.uza saytidan
https://t.me/Mirodil_Jalolov