Get Mystery Box with random crypto!

#TalabaVizasi: #DHS (Ichki Xavfsizlik Vazirligi) talabalarni h | Mirakmal Niyazmatov

#TalabaVizasi: #DHS (Ichki Xavfsizlik Vazirligi) talabalarni hali-veri tinch qo'ymaydiganga o'xshaydi...

F, M, va J vizalariga cheklovlar taklif qilinmoqda. Yangi taklif qilinayotgan asosiy qoidalar:

1. #DurationOfStay: #F1Viza bilan kelayotganlarga D/S (Duration of Stay) o'rniga AQShga aniq cheklangan muddatga kirishga ruxsat beriladi;

2. #TilKursi: Til kursiga kelayotganlarga jami 24 oyga visa beriladi. Bu muddatdan keyin yana til kursiga yozilishga ruxsat berilmaydi;

3. #Overstay: Viza muddatiga rioya etmasdan qolib ketayotganlar) darajasi 10% katta bo'lgan davlat fuqarolariga ham 24 oydan ko'pga viza berilmaydi. O'zbekiston ham bu ro'yxatda. Ikki yillik muddat tugaganidan keyin talaba viza muddatini uzaytirish uchun alohida ariza topshirishi kerak bo'ladi;

4. #DegreeLevels: Bir darajada bo'lgan o'quv dasturlarida o'qishga ruxsat berilmaydi. Masalan, bir bakalavrdan ikkinchi bakalavr dasturiga topshirishga chek qo'yiladi. Yoki, magistraturadan keyin bakalavrga o'qish va hkz.;

5. #GracePeriod: O'quv dasturi tugaganidan keyin AQShni tark etishga 60 kun o'rniga 30 kun beriladi;

6. #H1B: H1Bga ariza topshirganlar uchun viza avtomatik ravishda 1-aprelgacha uzaytiriladi. Ammo javob chiqmagan taqdirda talaba 30 kun ichida AQShni tark etishi kerak.

Jamoatchilik yangi qoidalar bo'yicha o'z fikrlarini 26-oktyabrgacha yuborishi mumkin. Qoidalar keyingi yil yanvardan kuchga kirishi kutilmoqda.


https://www.federalregister.gov/documents/2020/09/25/2020-20845/establishing-a-fixed-time-period-of-admission-and-an-extension-of-stay-procedure-for-nonimmigrant?fbclid=IwAR2EhTbQCl8BMjIc3hjvEfmVgiThI5q4sVlam4IIIkMMyJvbHXEqNM3HzXU