Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining mamlakatimiz must | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli doʻstlar!

Yurtimiz mustaqilligining 31 yillik ayyomi keng nishonlanayotgan bugungi kunda sizlarni va oila aʼzolaringizni tabriklashdan mamnunman.
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini taʼminlashda sizdek mohir quruvchi va meʼmorlar, loyihachi va dizaynerlarning zahmatli mehnati hamisha tahsinga sazovor.

Aziz hamkasblar!

Bugungi kunda Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida barcha islohotlarimiz markaziga inson qadri, uning hayotiy manfaatlarini taʼminlash bosh maqsad qilib qoʻyilmoqda.
Ana shunday ulugʻvor vazifani amalga oshirishda boshqa sohalar qatori qurilish sohasining ulkan imkoniyatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Siz, azizlarni yana bir bor eng ulugʻ va eng aziz ayyom bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xonadonlaringizga qut-baraka tilayman.

Qurilish vaziri B.Zakirov